

Eslatib o'tamiz, 1/8 final uchrashuvida Portugaliya Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
"Portugaliya abadiy", - deb yozdi Ronaldu o'z sahifasida.
Ispaniya 1/4 finalda Belgiya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi. Ronaldu 1/8 final uchrashuvidan so'ng, bu uning faoliyatidagi so'nggi jahon chempionati bo'lganini ma'lum qilgan edi.
JCH-2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tmoqda. Turnir formati o'zgargani sababli, musobaqa tarixida ilk bor final bosqichida 48 ta jamoa ishtirok etmoqda.



