So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  43 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

“Lokomotiv” hamda “Flitvud Taun” o'rtasidagi hamkorlik davom etadi Yangiliklar

“Lokomotiv” hamda “Flitvud Taun” o'rtasidagi hamkorlik davom etadi

Xabaringiz bor, Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi 2015 yilda Angliya birinchi divizioni ishtirokchisi “Flitvud Taun” jamoasi bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ygan edi.

Tobora professionallik sari intilayotgan “temiryo'lchilar” “klub imiji”ni shakllantirish asnosida ingliz jamoasi bilan ko'p tomonlama hamkorlik borasida bitim imzolagan. Natijada “Lokomotiv”ning ikki nafar yosh istedodli o'yinchilari – darvozabon Rustam Nartadjiev hamda himoyachi Sergey Proxorov 2015 yilda 3 oy mobaynida “Flitvud Taun” jamoasi qarorgohida bo'lib, tajriba orttirib qaytishgan edi.

Endilikda “Lokomotiv”ning navbatdagi delegaciyasi ingliz diyoriga yo'l olmoqda. “Lokomotiv” jamoasining yosh iqtidorli futbolchilari orasidan tanlab olingan 17 yoshli o'yinchi Xurmatbek Yo'ldoshev hamda “Flitvud Taun” jamoasi murabbiylar shtabining iltimosiga ko'ra darvozabon Rustam Nartadjiev yana bir bor ingliz klubida malaka oshirish imkoniga ega bo'lishadi.

Bugun ushbu ikki yosh futbolchi klub rasmiylari bilan birgalikda Angliyaga yo'l olishdi. Ular 3 oy davomida inglizcha tizimda mashg'ulot o'tashadi va “Flitvud Taun” jamoasi yoshlar tarkibida uchrashuvlarda maydonga tushishadi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика