So’nggi yangiliklar

14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  0 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  0 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  5 12:57Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Кувайт 3:2. Терма жамоамиз тарихидаги энг чиройли камбэк қандай юз берган?  2 12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  3 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  1 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  1 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  6 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  21 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  11 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  9 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  5

Grigoriy Kolosovskiy: "Bugun "Aral"dan ko'ra ikkita ko'p xato qildik" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Bugun "Aral"dan ko'ra ikkita ko'p xato qildik"

Pro-liganing 10-turi doirasida "Aral" - "Lokomotiv" o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.

- Biz raqibdan ko'ra ikkita ko'proq xato qildik. Zamonaviy futbolda har bir vaziyat uchun maksimal kuch bilan yondashish kerak. Bugungi 90 daqiqa mobaynida biz bu borada raqibdan ortda qoldik. Undan tashqari, biz "Aral" kabi yaxshi darajadagi jamoaga bunday vaziyatlarni bermasligimiz kerak edi. Bugun ham hakamlikda muammolar bo'ldi. Ikkinchi o'tkazib yuborilgan golda fol bor edi, foydamizga penalti berilmadi. Bu hakamning vijdoniga havola. Penalti vaziyatini ko'rdik, penalti bor edi. Ikkinchi golda himoyachimiz to'pni yo'qotganida fol bor edi. Hakam o'yinni davom ettirishni istadi, natijada darvozamizga gol urildi. Maydonning holati ham unchalik zo'r emasdi. O'yinoldi mashg'ulotga chiqqanimizda havo harorati 60dan yuqori edi. Maydon shunchaki yonayotgandi. Bunday paytda kechki soat 6da futbol o'ynash juda og'ir. "Aral" jamoasi futbolchilari maydonning bunday specifik holatiga o'rgangan, qo'shimchasiga juda issiq havo ham bor. Latviyadagi futbol maktabida ishlaganimda ham u erdagi maydon bu ernikidan ancha yaxshi edi. Bu maydondagi to'pning sakrashini taxmin qilib bo'lmaydi. Biz juda yomon o'ynadik, ko'p xatolar qildik. Shunday bo'lsa ham bu maydon bilan nimadir qilish kerak. 

- "Lokomotiv" futbolchilari bugun g'alabaga ishtiyoqsiz maydonga tushgandek ko'rindi.

- Yo'q, mavsum davomida bizda ishtiyoq yuqori bo'lmoqda. Aksincha, raqiblar ko'p narsalarni isbotlash uchun maydonga tushishdi. Ular o'z muxlislariga, murabbiylariga nominal favoritdan yomon holatda emasligini ko'rsatishni istashdi. Shu sababli har bir o'yinning birinchi daqiqasidan to oxirigacha kurashish kerak. Bugun bizda bu o'xshamadi. Biz o'zimiz yaratgan vaziyatlarimizga bor kuchimizni ishlatishga harakat qildik. 

- Bugun asosiy kamchilik nimada bo'ldi: taktika, vaziyatlar yaratish yoki etiborning yo'qolishi?

- Menimcha futbolchilar o'zlarini o'yinga bag'ishlay olishmadi. Tarkibdagi futbolchilarning mahoratini inobatga olsak, bizda bu yomon emas. Bunday o'yinlarga jamoani ruhlantirish osonmas. Chunki raqib o'z maydonida har bir mikrovaziyatda ham gol urishga harakat qiladi. Biz har bir epizodda mag'lub bo'laversak, albatta, g'alaba qozona olmaymiz. 

- Natijaga qaramasdan bugun jamoangizda yaxshi holatlar bo'ldimi?

- Biz bugun to'p bilan ko'proq bo'ldik va raqibni ko'p himoyada ushladik. Himoyadan hujumga tezroq o'tdik, yaxshi paslar o'ynayotganimizda maydon tugab qolaverdi. Bizda ham yaxshi vaziyatlar bo'lishi kerak edi. Davron Hoshimov qanotdan to'pni oshirganida pas yaxshi chiqdi, biroq maydon torlik qilib qoldi. 

- Shu orqali birinchi davra yakuniga etdi. Jamoa ikkinchi davraga tayyorgarlikni qanday olib boradi?

- Barcha jamoalar kabi. Oldinda bizni katta mehnat kutmoqda. Chunki bu erda kurash juda katta. Ligadagi barcha jamoalar o'yinning boshidan oxirigacha kurashmoqda va ochkolar olishga intilmoqda. Biz ham keyingi o'yinlarda hozirgidagidan ko'ra ancha yaxshiroq bo'lishimiz kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика