Nematillo Quttiboev: "Bugun g'alaba qozonmasak, "Lokomotiv" bilan oradagi farq ortib ketardi"
25 iyu 00:17
Yangiliklar


Nematillo Quttiboev: "Bugun g'alaba qozonmasak, "Lokomotiv" bilan oradagi farq ortib ketardi"
"Lokomotiv" kuchli jamoa. Bugun g'alaba qozonmasak, "Lokomotiv" bilan oradagi farq ortib ketardi. Ikkinchi davrada qiyin bo'lardi. Shu sababli faqat g'alaba uchun o'ynadik. Yigitlarga rahmat. Mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazdik. Stadion ham to'ldi.
Jamoa juda ko'p marta ochko yo'qotdi. Keyingi o'yinlarda yigitlarga g'alaba qozonish uchun ishonch berdik. Keyingi o'yinlarda kuchliroq harakat qilishimizga ishonaman. Jamoaning oldinga qo'ygan maqsadi aniq. Toshkentda yig'in o'tkazish rejamiz bor.
"Lokomotiv" qanday o'yin ko'rsatishi malum edi. Taktika borasida ko'p gapirmoqchi emasman. Chunki oxir-oqibat o'yinda futbolchilar harakat qilishadi. Shu sababli ularga yana bir bor rahmat aytmoqchiman", -deydi Nematillo Quttiboev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar