So’nggi yangiliklar

01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  0 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  7 23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  10 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  31 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  10 22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  18 22:23Фабрицио Романо: Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  8 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  150 21:45ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда енгди, Сергеев эса тўпга биринчи тегинишида гол урди  19 20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  2 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  474 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  4 19:48Абрамович футбол клубига эгалик қилишни хоҳламаяпти  4 19:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Корея Кувайт дарвозасига 4 та тўп киритди  2 18:26Осиё Кубоги-2027 саралаши. Тожикистон Филиппин билан муроса кўчасини танлади  6

“Lokomotiv” futbolchilari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi FOTO Yangiliklar

“Lokomotiv” futbolchilari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi FOTO

Teglar :  Lokomotiv
Xabaringiz bor, 2016 yil yurtimizda “Sog'lom ona va bola yili” deb elon qilingan. Ushbu davlat dasturiga ko'ra keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

SHu jumladan, “O'zbekiston Temir Yo'llari" Akciyadorlik Jamiyati va “Lokomotiv” futbol klubi ham bunga o'zining kichik hissani qo'shish maqsadida bir qator tadbirlar o'tkazib kelmoqda.

Kecha “Lokomotiv” futbol klubi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 23-mehribonlik uyida uchrashuv tashkil qilindi. Unga “Temiryo'lchilar” jamoasi rahbariyati va futbolchilari tashrif buyurishdi. Uchrashuv avvalida “Lokomotiv” jamoasi sardori Temur Kapadze so'zga chiqib, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga klub va futbolchilar haqida malumot berdi. So'ng bolajonlar o'zlari sevgan futbolchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Suhbat davomida Islom To'xtaho'jaev, Server Jeparov hamda Ignatiy Nesterov kabi o'yinchilar katta futbolga qay tariqa kirib kelganliklari, muhim uchrashuv va musobaqalar oldidan qanday tayyorgarlik olib borishlari hamda yosh bolalarning o'zlari kabi mashhur sportchi bo'lib etishish uchun nimalar qilishlari lozimligi haqida gapirib o'tishdi.

Uchrashuv so'nggida “Lokomotiv” azolari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga turli xil sovg'a-salom va sport anjomlarini taqdim qilishdi. SHuningdek, shiringina bolajonlar o'zlari havas qiladigan futbolchilar bilan esdalik uchun suratga tushish imkoniga ega bo'lishdi. Mehribonlik uyi rahbariyati va tarbiyalanuvchilari “O'zbekiston Temir Yo'llari” Akcionerlik kompaniyasi hamda “Lokomotiv” futbol klubiga omad tiladilar. Ushbu tashrif sababchilaridan biri mehribonlik uyi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha instruktori Jamshid Asadov bo'ldi.

Bilasiz, o'zbek xalqi azaldan bolajon xalq. Bizning kelajagimiz bo'lmish bolajonlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash xalqimizning eng ajoyib fazilatlaridan biri. “Lokomotiv” futbol klubi bu kabi tadbir va uchrashuvlar tashkil etishda davom etadi. Zero, bunday tadbirlardan maqsad farzandlarimizning kelajakda Vatanimiz sharafini himoya qiladigan, bayrog'ini halqaro maydonlarda yuqoriga ko'taradigan insonlar bo'lib etishishida oz bo'lsa ham ulush qo'shishdir.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика