MYU Garnachoni 70 mln funtga sotishga tayyor. Vingerga kimlar qiziqmoqda?
10 iyu 20:52
Yangiliklar


MYU Garnachoni 70 mln funtga sotishga tayyor. Vingerga kimlar qiziqmoqda?
Alexandro Garnacho uchun 5 ta klub davogarlik qilmoqda.
Avvalroq, vingerning yozda "Manchester Yunayted"ni tark etishi malum bo'lgandi.
MYU Garnacho bilan 70 mln funt evaziga xayrlashishga tayyor.
Qayd etilishicha, argentinalik futbolchiga "Bayer" qiziqish bildirmoqda - liverkuzenliklarning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag bungacha "Manchester Yunayted"da ishlagan, u vingerning muxlisi hisoblanadi. Shuningdek, Alexandroga "Aston Villa" ham qiziqish bildirmoqda, ammo Birmingem klubiga o'tish Morgan Rojersning kelajagiga bog'liq bo'ladi.
Bundan tashqari, Garnacho bilan bog'liq vaziyatni "Chelsi", "Atletiko" va "Napoli" klublari kuzatib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar