Abramovich futbol klubiga egalik qilishni xohlamayapti
10 iyu 19:48
Yangiliklar


Abramovich futbol klubiga egalik qilishni xohlamayapti
"Chelsi" sobiq egasi Roman Abramovich London klubining 2022 yil may oyida sotilishi tarixini hikoya qiluvchi kitob uchun Nik Pyuruolga bergan intervyusida o'zining futboldagi ehtimoliy kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Balki kunlardan bir kun shunday vaziyat vujudga kelarki, men o'yinga kelib, yaxshilab xayrlashishim mumkin bo'lar, lekin bundan ortiq emas. Meni futbol klubidagi hech qanday lavozim, ayniqsa, professional faoliyat qiziqtirmaydi.
Agar biror narsani o'zgartira oladigan tashabbus bo'lsa, ehtimol akademiyalar va yoshlarga yordam berib, qiyin ahvoldagi oilalardan chiqqan insonlarga ko'proq imkoniyatlar yaratishim mumkin edi. Ammo klubga egalik qilish yoki unda professional faoliyat yuritish masalasiga kelsak, men bu ishga chek qo'yganman", – dedi Abramovich.
Avvalroq "Chelsi" "Milan" darvozaboni Mayk Menyan bo'yicha so'nggi taklifni yuborgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar