So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

“Lokomotiv” Antaliyada. O'n to'rtinchi kun. Ikkinchi xorij yig'ini tugadi, ertaga uyga qaytamiz Yangiliklar

“Lokomotiv” Antaliyada. O'n to'rtinchi kun. Ikkinchi xorij yig'ini tugadi, ertaga uyga qaytamiz

Teglar :  Lokomotiv
Yangi mavsumga tayyorgarlikning muhim bosqichlaridan birini Antaliyada o'tkazgan “Lokomotiv” ikki hafta ichida to'rtta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

“Temiryo'lchilar” dastlab Turkmanistonning “Oltin Asr” klubini 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Ikkinchi uchrashuvda Bosniya va Gercegovinaning “Saraevo” klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynaldi.

Keyingi ikki bellashuvda esa jamoamiz imkoniyatni boy berdi. “Lokomotiv” Qozog'istonning “Ordabasi” klubiga 1:2, va oxirgi o'yinda Ukrainaning “Zarya” klubiga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Albatta, o'rtoqlik uchrashuvlaridan ko'zlangan maqsad jamoaning mavsumga tayyorgarligini ko'zdan kechirib olish bo'lgani uchun bunda natija katta rol o'ynamadi. “Lokomotiv” bugun “Zarya”ga qarshi to'p surdi.

Uchrashuvning birinchi taymi “Loko” ustunligida kechdi. Jamoamizda ikki-uch bor gol urish imkoniyati yuzaga keldi. Tanaffusdan so'ng esa tashabbus ko'proq ukrainlar tomonida bo'ldi. 84-daqiqada “Zarya” futbolchisi Artem Suxockiy to'p kiritib hisobni ochdi. Va yakunda bu gol oxirigacha saqlanib qoldi.

Umuman olganda, ikkinchi xorij yig'ini haqida gapiradigan bo'lsak, Turkiyadagi mashg'ulotlar yaxshi saviyada kechdi. Futbolchilarimiz har bir mashg'ulotda ter to'kib mehnat qilishdi. Endi buyog'iga “Lokomotiv”ni juda qiziqarli va uzoq mavsum kutib turibdi. Jamoamiz bu yil ham o'zi ishtirok etadigan har uchala musobaqada (O'zbekiston chempionati, O'zbekiston Kubogi va Osiyo chempionlar ligasi) birinchi o'rinni qo'lga kiritish maqsadida kurash olib boradi.

Buning uchun jamoamizda kuch va salohiyat, shuningdek iqtidorli futbolchilar etarli. “Temiryo'lchilar” oldida turgan birlamchi vazifa 20 va 27 fevral kunlari bo'lib o'tadigan “Al Taavon” hamda “Al Ahli” bilan kechadigan o'yinlarda ijobiy natija qayd etish hisoblanadi. Bu borada jamoamizga omad tilab qolamiz.

O'rtoqlik uchrashuvi. 12 fevral
LOKOMOTIV – ZARYA 0:1
Gol:
Artem Suxockiy, 84.

“Lokomotiv” tarkibi:

Mamur Ikromov
Salim Mustafoev (Farrux Ibrohimov, 72)
SHerzod Fayziev (Muhammad Kone, 65)
Kaxi Maxaradze
Islom To'xtaxo'jaev
Timur Kapadze
Quvondiq Ro'ziev (Salamat Qutiboev, 46)
Oleg Zoteev (SHuhrat Muhammadiev, 65)
Sardor Mirzaev (Diyor Turopov, 65)
Jaloliddin Masharipov
Murod Bobojonov (Marat Bikmaev, 46)

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика