Mirko Elichich: "FarDU" kurashuvchan va doim bosim uyushtiradigan jamoalar sirasiga kiradi"
18 avg 19:46
Yangiliklar
Mirko Elichich: "FarDU" kurashuvchan va doim bosim uyushtiradigan jamoalar sirasiga kiradi"
"Kutilganidek, qiyin o'yin bo'ldi. Maydon biz uchun qaysidir manoda yangi edi. "FarDU" kurashuvchan va doim bosim uyushtiradigan jamoalar sirasiga kiradi. Ikkinchi taymda sal qiynaldik. Yigitlar keyinroq o'zlariga kelishdi. Umuman olganda, futbolchilardan ko'nglim to'ldi. Eng muhimi, 3 ochkoni qo'lga kiritish edi", – dedi Elichich.
- Nima uchun Levan Arveladzeni zaxirada qoldirilgandi?
- Rotaciyaga qo'l urib, boshqa futbolchilarga ham imkon berishni istagandik.
- Bugun yosh futbolchi Abror Aliev boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. Uning o'yinlariga qanday baho berasiz?
- U yaxshi sifatlarga ega. Ayrim jihatlarini kuchaytirishi kerak, sekin-asta o'sib boradi.
- "FarDU" yangi stadionda ilk bor harakat qildi. Maydon haqida nima deya olasiz?
- Stadion – shinam. Chim yaxshi holatda, faqat er biroz notekisroq ekan. Buni futbolchilar yaxshiroq his etadi.
- O'yin oxirida jamoa to'purari Akaki Shulaya jarohat olgandek tuyuldi. U o'zini o'zgartirishni so'radi. Uning hozirgi holati haqida malumot bersangiz...
- Yaxshi holatda. U o'zini biroz noqulay his etdi, shuning uchun almashtirishga qaror qildik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar