So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Lobanovskiyning kashfiyoti, SHevchenkoning davomchisi, “Santyago Bernabeu”da uch marta o'ynagan va “Real” darvozasini ishg'ol qilgan “Qiruvchi-16” bugun 42 yoshga to'ldi Yangiliklar

Lobanovskiyning kashfiyoti, SHevchenkoning davomchisi, “Santyago Bernabeu”da uch marta o'ynagan va “Real” darvozasini ishg'ol qilgan “Qiruvchi-16” bugun 42 yoshga to'ldi

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi, futbolimiz tarixida yorqin iz qoldirgan va goleadorlik qobiliyati sabab “Qiruvchi-16” nomini olgan Maksim SHackixning tug'ilgan kuni.

Maksim SHackix - 1978 yilning 30 avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Maksning futboldagi ilk qadamlari “Paxtakor” futbol maktabida tashlangan. Uning futboldagi eng gullagan davri shubhasiz Kievning “Dinamo” klubida o'tkazgan yillariga to'g'ri keladi. Uni 1999 yili shaxsan Valeriy Lobanovskiy “Dinamo”ga taklif qilgandi. SHackixning gardanida katta masuliyat bo'lib, u jamoani tark etgan Ukraina futboli afsonasi Andrey SHevchenkoning o'rnini egallashi lozim edi. Hamyurtimiz bu vazifani sharaf bilan uddaladi. Maksim 10 yil mobaynida ikki bor Ukraina chempionati to'purari, 6 marotaba Ukraina chempioni, 5 marta mamlakat kubogi sohibiga aylandi. 

1999 yilning 28 iyulida SHackix Evropa CHempionlar ligasidagi dastlabki golini “Jalgiris”ga qarshi o'yinda kiritdi. Bu bilan hujumchimiz ECHLda gol urgan ilk Osiyolik futbolchi bo'ldi. Undan oldin UEFA bayrog'i ostidagi musobaqalarda Mirjalol Qosimov to'p kiritgandi. Hujumchimiz CHempionlar ligasida o'tkazgan 9 mavsumi davomida hujumchi 11 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Koreyalik Son Xyon Min Maksimdan ECHLda bitta ko'p to'p kiritgan. 

“Evropa CHempionlar Ligasidagi ilk o'yinim kechagidek yodimda. Litvaning “Jalgiris” klubiga qarshi maydonga tushganmiz. Oyog'im qaltiramagan, chunki sobiq ittifoq jamoasi men uchun begona emasdi. Ikkinchi saralash bosqichida Daniyaning “Olborg” jamoasini ikki o'yin natijasiga ko'ra taslim etgandik. Guruhda adashmasam, Liverkuzenning “Bayer”, Sloveniyaning “Maribor” hamda Madridning “Real” klublari bilan o'ynagandik. Kaminaga “Santyago Bernabeu”da bir emas, uch marotaba o'ynash nasib qilgan. Evropaning katta stadionlaridan faqat “Kamp Nou”da o'ynamaganman, xolos. Futbol monstrlari Zidan va Bekxemga qarshi o'ynash nasib qilganidan xursandman”, - deb eslaydi Maksim.

Maksim SHackix umumiy olganda, “Dinamo” safida Ukraina chempionatida 215 ta o'yinda 97 ta gol urdi. 2009 yilning 26 may kuni Kiev klubi “SHaxtyor”ga qarshi maydonga tushgan. O'sha o'yin Maks uchun klub safidagi oxirgi o'yin bo'lib qolishi malum edi. Muxlislar “Dinamo” stadioniga hujumchiga atab ajoyib banner olib kelishgandi. 

Afsuski, “Dinamo”ning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Yuriy Syomin turnir jadvali nuqtai nazaridan hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan uchrashuvda Maksimni maydonga tushirmagan edi. 

“Syomindan xafa emasman. U murabbiy va kim o'ynashini hal qiladi. SHunchaki muxlislar bilan xayrlasha olmaganimdan xafa bo'lganman. Ishqibozlar atayin banner tayyorlab qo'yishgandi. “Dinamo”dan ketishimni hamma bilardi, Syomin ham. Ammo, o'yinni tribunadan tomosha qilganman. U nega bunday qilganini hozirgacha tushunmayman. Bu savolga javobni o'qish men uchun qiziq bo'lardi. “Dinamo” uchun Yuriy Pavlovichdan ko'proq ish qilganman deb o'ylayman. Tribunada o'tirib bu jamoa uchun 10 yil umrim bekor ketmaganini his qildim”, - degandi SHackix.


Hamyurtimiz faoliyati davomida Qozog'istonning “Lokomotiv” (hozirgi “Astana”), Kievning “Arsenal”, Odessaning “CHernomorec”, Ujgorodning “Goverla” klublarida faoliyat olib bordi. 

2010 yilning 4 aprelida “Arsenal” (Kiev) - “Metallurg” (Zaporoje) (2:0) uchrashuvida bugungi kun qahramoni Ukraina chempionatlaridagi o'zining yubiley 100-golini kiritdi. Buning uchun Maksimga 222 ta o'yin kerak bo'ldi. Ukraina chemiponatida 125 ta gol urgan SHackix bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi. Hamyurtimiz 97 ta golni “Dinamo”, 22 ta golni “Arsenal”, 6 ta golni esa “Goverla” safida kiritgan.

20 yoshu 11 oy 19 kunligida milliy terma jamoadagi debyutini nishonlagan Maks haqida har qancha yozsak, gapirsak, shuncha oz. Aynan SHackix terma jamoa safidagi ilk uchrashuvida “xet-trik”ka erishgan yagona futbolchi hisoblanadi. Uni bosh jamoaga marhum Mahmud Rahimov taklif qilgandi. Terma jamoa libosida bitta o'yinda 5 ta gol urgan yagona futbolchi ham aynan SHackixdir. Maksim milliy termamiz tarkibida 34 ta gol urgan. Bu O'zbekiston termasi uchun rekord natijadir. SHuningdek, terma jamoada 60 dan ortiq o'yin o'tkazgan 10 nafar futbolchidan biri ham bugungi qahramonimiz bo'ladi. Maksim SHackix O'zbekiston milliy terma jamoasi safida Osiyo Kubogi-2000, 2007 va 2011 saralash va final bosqichilarida ishtirok etgan. JCH-2002, 2006 va 2010 saralashlarida maydonga tushgan. 

2014 yilning 29 may kuni O'zbekiston terma jamoasi Ummon bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Mana shu bahs SHackixning terma jamoadagi eng so'nggi o'yini bo'lib tarixga kirdi.

“Bizni shuncha vaqt davomida qo'llab turganlarga rahmat aytaman. Bugungi tadbirni tashkil etganlarga rahmat. Terma jamoa bilan birga Jahon chempionatiga yo'llanma ololmaganim armonim bo'lib qoladi. Biz terma safidagi barcha o'yinlarda muxlislar uchun o'ynadik, barchaga rahmat. Termadagi o'yinlarim orasida BAAga qarshi o'yin yodimga tushaveradi (OK-2000 saralashi. 1999 yil 27 noyabr). Bundan tashqari Samarqandda kechgan Ozarboyjonga qarshi debyut o'yinim ham yodimda”, - degandi SHackix Ummonga qarshi xayrlashuv uchrashuvidan so'ng.  

SHackix o'z oilasi bilan bir necha yildan beri Kiev shahrida istiqomat qilyapti. Uning ikki qizi bo'lib, shu yil to'ng'ich farzandi turmushga chiqdi. Maksim 2016 yilda Kievning “Dinamo” klubi akademiyasida murabbiylik faoliyatini boshladi. Ayni paytda Maksim SHackix "Rotor" bosh murabbiyi Aleksandr Xackevichga yordamchi bo'lib ishlamoqda.

Maksim SHackixning yutuqlari:

6 marta Ukraina chempioni

5 marta Ukraina Kubogi sohibi

3 marta Ukraina vice-chempioni

2 marta Ukraina kubogi finalchisi

1 marta Qozog'iston vice-chempioni

SHaxsiy yutuqlar:

2 marta Ukraina chempionati to'purari

4 marta O'zbekistonda yil futbolchisi

Ushbu videoda Maksim SHackix faoliyatining yorqin lahzalarini tomosha qilishing. 


Fursatdan foydalanib, saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari nomidan Maksim SHackixni bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etamiz. Unga murabbiylik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Balki, yaqin kelajakda uni terma jamoamiz murabbiyi sifatida ko'rarmiz. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика