Maksim Shackix: "Hujumda qulay imkoniyatlarimiz bo'lishiga ishonchim komil"
30 sen 18:58
Yangiliklar


Maksim Shackix: "Hujumda qulay imkoniyatlarimiz bo'lishiga ishonchim komil"
"Hammaga xayrli kech. Raqibni yaxshi o'rganib chiqdik, ular haqida malumot to'pladik. Yaxshi futbolchilarga ega shakllangan jamoa, jahon darajasidagi futbolchilari ham mavjud. "Al Ahli" – kuchli, tezkor va tajovuzkor o'yinchilarga ega jamoa. O'zimizga kelsak, chempionatdagi og'ir o'yinimizdan so'ng kam vaqt bo'lgan bo'lsa-da, yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Umid qilamanki, ertangi bahsda jang taklif etamiz.
Bizning va ularning chempionati farq qiladi. Ulardagi temp, tarkib butkul boshqacha. Har qanday jamoada kamchiliklari bo'ladi. Buni hozir ochiq aytib o'tirmayman. Ertaga maydonga tushib, o'sha nozik nuqtalardan unumli foydalanishga urinamiz.
"Andijon"dan nimalarni kutish mumkin? Biz faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Albatta, oson kechmaydi. O'ylaymanki, ertaga muxlislarimiz bizni 90 daqiqa qo'llab-quvvatlab turadi. Hujumda qulay imkoniyatlarimiz bo'lishiga ishonchim komil. Har bir o'yinda ko'plab vaziyatlar yaratamiz, lekin ertaga bunday bo'lishi qiyin. Shuning uchun har bir vaziyatdan unumli foydalanishimiz lozim. Ishonamanki, muxlislar bizni yaxshi darajada o'ynashga majbur qiladi. Ijobiy natijani qo'lga kiritish uchun maydonda astoydil mehnat qilamiz", – dedi Shackix.
"Oldinda masuliyatni o'yin kutib turganini tushunib turibmiz. Nafaqat Andijon, balki vatan shanini himoya qilamiz. Og'ir va tomoshabop bahs bo'ladi. Xudo xohlasa, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
Aytishim mumkinki, maydonda familiyalar hal qilmaydi. Kim ko'proq mehnat qilsa, shunga yarasha natija keladi", – dedi Temirov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Andijon-1
Al ahli -0
Yoki
Andijon-2
Al ahli-1
Andijon-1
Al ahli -0
Yoki
Andijon-2
Al ahli-1
Манба: @tyxuzbek телеграм канали