So’nggi yangiliklar

01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   2 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  6 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  2 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  1 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  0 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  1 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1

Yubiley muborak, o'zbek futboli qiroli - Mirjalol Qosimov! Yangiliklar

Yubiley muborak, o'zbek futboli qiroli - Mirjalol Qosimov!

Bundan 50 yil avval Toshkent shahrida o'zbek futboli qiroli dunyoga kelgan.

(O'tgan yil yozilgan maqola yangilanib qayta chop etildi)

Yoshligidan charm to'pga mehr qo'ygan Qosimovni buyuk kelajak kutayotgandi.


Mirjalol Qosimovning otasi o'g'lini 10 yoshida CHig'atoydagi futbol maktabiga olib boradi. Taniqli mutaxassis Yuriy Gospadarchuk avvaliga Qosimovni qabul qilishga ko'nmaydi. Lekin futbolchining otasi va Qosimovning o'zi Gospadarchukni fikrini o'zgartirishga va jamoaga qo'shilishga tish-tirnog'i bilan tirishadi. Gospadarchuk esa bo'lajak futbol yulduzini maktabga qabul qilishga ko'nmasdan o'zga chora topa olmaydi. Yakunda esa Yuriy Gospadarchuk o'sha qarori o'zbek futbolining kelajagi uchun juda ahamiyatli va muhim bo'lib chiqadi.



O'smirlar va yoshlar o'rtasida Jahon va Evropa chempioniga aylangan Mirjalol Qosimov O'zbekiston terma jamoasi bilan hozirgi kunga qadar yagona xalqaro sovrin bo'lib turgan 1994 yili Hirosimada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritadi.


Futbolchilik davrida bir qator jamoalarda muvaffaqiyatli o'ynagan Qosimovni barcha klublar yorqin xotiralar bilan eslaydi.


Qosimov yoshligida barcha o'zbek futbolchilari qatori "Paxtakor" sharafini himoya qilishni orzu qiladi. Uning bu orzusi amalga oshadi. SHuningdek, Qosimov o'z faoliyati davomida "Dinamo Minsk", "Spartak" (Vladikavkaz), "Alaniya", "Krilya Sovetov", "Al SHabab" hamda "Mashal" jamoalarida to'p tepadi.



Qosimov o'zi o'ynagan barcha klublar tarkibida bir nechtadan gollar urishga erishgan. Markaziy yarim himoyachi uchun ushbu ko'rsatkich shunchaki fantastik natija hisoblanadi.


Jarima zarbalari, burchak to'plari va to'p uzatmalarni amalga oshirishda nozik did sohibining takrorlanmas ijrolarini hali-xamon futbol ishqibozlari yorqin xotiralar bilan eslashadi.


Maydonni ko'ra bilish qobiliyati, to'pni his etish va etakchilik xususiyatiga ega bo'lgan Qosimovni o'zbek futboli muxlislari hozirgacha sog'inishadi.



Qosimovning futbolchilik faoliyati haqida soatlab gapirish, to'xtovsiz yozish mumkin. O'zbek futboli qiroli futbolchilik faoliyatida bitta armon bilan butsasini mixga ilgandi. U ham bo'lsa Jahon chempionatida ishtirok etish.

2005 yili "Mashal"da futbolchilik faoliyatini yakunlagan Qosimovning xayrlashuv uchrashuvi 2007 yili 2 iyunda Toshkentdagi MHSK stadionida bo'lib o'tadi.

Qosimovning xayrlashuv o'yinida O'zbekiston terma jamoasi Evropa va Osiyo terma jamoasi yulduzlariga qarshi o'ynaydi. Qosimov esa bir taym O'zbekiston terma jamoasi safida, ikkinchi bo'limda esa Evropa va Osiyo terma jamoasi yulduzlari tarkibida to'p tepadi. Bahs do'stona 3:3 hisobi bilan tugaydi.

Evropa va Osiyo terma jamoasi tarkibida Ali Daei, Mubarak Mustafa, Sergey Semak, Andrey Karyaka kabi futbolchilar to'p surishadi. Jamoani esa Valleriy Gazzaev boshqarib tushadi. Fahriy mehmon sifatida esa Aleksandr Pisarev, Viktor Onopko, Aleksandr Tarxanov tashrif buyurishadi.

Hozirgi kunda "Zenit" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Sergey Semak esa Qosimovning xayrlashuv uchrashuvidan so'ng o'zining blogpostida mazkur uchrashuv va O'zbekistonga tashrifi haqida alohida to'xtalgan.


- Sergey Semak Mirjalol Qosimovning xayrlashuv uchrashuvi haqida


SHundan keyin o'zbek futbolining "qaldirg'ochi" murabbiylik sohasidagi faoliyatini butsasini mixga ilgan "Mashal" jamoasida Kumikovga yordamchi sifatida boshlaydi. Keyinchalik esa O'zbekiston terma jamoasi va olimpiya terma jamoasidagi bosh murabbiy Rauf Inileevga yordamchi bo'ladi. 2007 yilga kelib esa o'sha paytdagi yangi nihol "Quruvchi"ga (hozirgi "Bunyodkor") bosh murabbiy etib tayinlanadi.

Qosimovning murabbiylik faoliyati ham yaxshi boshlanadi. "Quruvchi"ni qurayotgan Qosimov jamoani OCHLdagi debyut mavsumidayoq yarim finalga qadar etaklaydi. Yarim final oldidan esa "Bunyodkor"ga braziliyalik taniqli mutaxassis Ziko taklif etiladi. Ziko esa yarim finaldayoq OCHLdagi yurishini to'xtatishga majbur bo'ladi. Qosimov qo'l ostida yarim finalga yo'l olgan "Bunyodkor" Ziko bilan o'sha bekatda qoladi. 2008 yilning sentyabr oyida Qosimovni Rauf Inileevning o'rniga terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashadi. Ammo murabbiylik faoliyatida hali to'liq "pishib" ulgurmagan Qosimovning bosh jamoada ishlari ko'ngildagidek kechmaydi. Natijada esa uning o'rniga 2010 yili aprel oyida Vadim Abramov o'tiradi.


Abramovning JCH-2014 saralash bosqichi doirasidagi Eronga alamli tarzda yutqazgan uchrashuvidan keyin 2012 yilning sentyabr oyida Qosimov yana terma ruliga qaytariladi. Bu orada Qosimov malum muddat "Bunyodkor" va O'zbekiston terma jamoasini bir vaqtda boshqarishiga to'g'ri keladi.



JCH-2014ga chiqish uchun kurashgan terma jamoamizga yakunda mundialga borish uchun ikkitagina gol etmay qoladi. Qosimov o'shanda barcha aybni o'z bo'yniga olib, istefoga chiqishini bildiradi. Ammo O'FF rahbariyati Qosimovning istefosini qabul qilmaydi hamda murabbiy o'z ishini davom ettiradi.

Vaholanki Qosimov o'shanda JCH-2014 saralash bosqichini to'liq o'zi o'tkazmaydi. Guruhda 7ta o'yin o'tkazgan terma jamoamiz yakunda 14 ochko to'playdi va O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi JCHning so'nggi saralash bosqichida jamg'arilgan eng ko'p ochkosi sifatida qayd etiladi. Ammo mundialga yo'llanma ko'lga kiritilmagandan keyin Qosimov ko'pchilik tomonidan keskin tanqidlar ostiga olinadi. Murabbiy o'sha saralash bosqichini to'liq o'zi o'tkazmaganini, gollar nisbatiga ko'ra qolib ketilganini ro'kach qilmaydi. Yani baxona qidirmaydi. Vaholanki saralash bosqichini to'liq Qosimovni o'zi o'tkazganida balki o'sha etmay qolgan gollar nisbatini bir ochko ishlagan holda to'ldirishi mumkin edi. Lekin Qosimov hech qanday bahona qidirmaydi. Afsona doimgidek mardlik qiladi.


Osiyo chempionatidan keyin JCH-2018 saralash bosqichining ilk bellashuida KXDRga yutqazilgach Qosimov yana istefo beradi. Bu safar uning istefosi O'FF tomonidan qabul qilinadi. 2015 yil 23 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysiz qoladi.



Ushbu istefodan keyin ko'plab tanqidlarga uchragan Qosimov murabbiylik faoliyatida kichik tanaffus qildi. Bir qator takliflarga qaramasdan Qosimov hech bir chorlovni qabul qilmadi va hordiq chiqarishni maqul topdi. Faqatgina 2017 yil Qosimov yana o'zining jonajon jamoasi "Bunyodkor"ga qiyin pallada yordam berish uchun qaytishga ko'nadi. Qosimov 2013 yili "Bunyodkor"dan ketgach "qaldirg'ochlar"ning ham ishlari orqaga yuradi. CHempionatda medallarsiz qolish, OCHLda guruhdan chiqolmaslik va shunga o'xshash bir qator anti-rekordlar o'rnatiladi.


4 yillik tanaffusdan keyin "Bunyodkor"ni qabul qilib olgan Qosimovning oldida "qaldirg'ochlar"ni yanada uzoqqa parvoz qilishga o'rgatish vazifasi turadi. Endigina tuxumdan yorilib chiqqan yosh "qaldirg'ochlar"ga uchishni o'rgatish uchun Qosimovga ko'p vaqt kerak bo'lmadi. Qosimov kelgach birinchi qilgan ishi jamoani qayta "reanimaciya"dan chiqardi.


Jamoani og'ir ahvolda qabul qilgan murabbiy "Bunyodkor"ga g'oliblik ruhi, xarakterni qaytarishga erishdi. Qosimovning kelishi bilan jamoaning natijalari yaxshilandi. Mirjalol Qosimovning ilk ishi futbolchilarga qaysi klub sharafini himoya etishayotganini tushuntirish va ularni miyasiga buni singdirishdan iborat bo'ldi. Qisqa fursat ichida o'zbek futboli qiroli bu ishni uddalashga muvaffaq bo'ldi. Ammo 2018 yilgi mavsum avvalgisidanda moliyaviy taraflama qiyin bo'ldi. Lekin shunga qaramay Qosimov yo'qdan bor qilish salohiyatiga ega ekanligini isbotlashda davom etmoqda.


"Bunyodkor" uchun Qosimovning yo'qligi murabbiyni qadrini yanada oshirdi. CHunki "qaldirg'ochlar"ning 2014, 2015 va 2016 yillari qayd etgan natijalar jamoa tarixidagi eng yomoni sifatida qayd etildi.

Qosimov "Bunyodkor"dan ketgach jamoa murabbiysiz qanchalik qiynalgan bo'lsa, O'zbekiston terma jamoasi ham malum muddat shu kuyga tushdi. Yani Qosimovning istefosi terma jamoaga hech qanday naf keltirmadi. Aksincha, o'z vaqtida tanqid qilganlarning ko'pchiligi Qosimov davridagi terma jamoani sog'ingan pallalar juda ko'p bo'ldi.



Qosimovning futbolchilikdagi armoni, murabbiylikdagi JCH-2014 saralash bosqichining omadsiz yakuni va muxlislar oldidagi mundial qarzi uni yanada kuchli qilgan bo'lsa ajab emas. Mirjalol Qosimovning 2017 yilning ikkinchi qismida "Bunyodkor"ga qaytishi jamoa qaddini ko'tarishga, o'zligini tanishga turtki bo'ldi.


Qiyinchiliklarni doim mardonavor engib kelgan o'zbek futboli qiroli - Mirjalol Qosimov bugun o'zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. Qosimov futbolchilik davrida juda katta obro', nom qozondi. Bir qator yutuqlarga erishdi. Murabbiylikda ham O'zbekistonda bir necha bor birinchi bo'ldi. Ayni paytda esa Qosimov Olmaliqning AGMK jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.


Futbolni nozik did bilan o'ynagan, to'pga xushmuomalalik bilan munosabatda bo'lgan Qosimov, murabbiy sifatida juda kuchli taktik va strateg hisoblanadi.



Qosimov nafaqat kuchli futbolchi yoki murabbiy, balki inson sifatida ham hurmatga loyiq. Matbuot anjumanlarida, intervyularda jurnalistlarning savollariga xushmuomulalik bilan batafsil javob beradigan professional murabbiy.


Ha-ya, aytgancha, ko'pchilik Mirjalol Qosimov yoshini Sobiq Ittifoq davrida "urilmaganmi", degan gumonlarga ko'p boradi.

Yani, o'sha paytlari Sobiq Ittifoq davrida futbolda bu kabi holatlar juda ko'p uchragan.


SHu joyda 2003 yil, 24 yanvar kuni "Sport-Ekspress"da Mirjalol Qosimov bilan chop etilgan intervyudan parcha keltiraman:

- Jalol, provakacion savol. Pasport bo'yicha siz 17 sentyabr kuni 33 yoshga to'lasiz. Hech kimga sir emaski, Sobiq Ittifoq davrida o'smirlar futbolida yoshni 2-3 yilga "urish" ancha avj olgandi. Futbol olamida Qosimov ham yoshini 1-2 yilga kichraytirgan, degan gaplar yuradi...
- (Kuladi.) Bilaman, bilaman... Men sizga aniq aytaman. Agarda kimdir bilan meni yoshim haqida bahslashib qolsangiz, bemalol 1970 yilda tug'ilgan, deb ishonch bilan aytavering. Bahsda g'olib chiqishizga kafolat beraman. Bu kabi gap-so'zlar birinchi marta maktabda o'qib yurgan kezlarimda paydo bo'lgandi. Toshkent shahar birinchiliklarida o'ynab yurganimizda, raqib jamoa murabbiylari meni yoshi katta, deb etiroz bildirardi. Meni yoshim bo'yicha ko'p garov bog'lashardi. Yutqazgan esa restoranga pul to'lardi.

- Buni qanday aniqlashardi?
- U paytlari pasportni o'zgartirish juda oson bo'lgan. Ammo FHDYOda yozib qo'yilgan sanani o'zgartirish imkonsiz. FHDYO orqali meni yoshim to'g'riligini aniqlashardi. Meni yoshim haqida juda ko'pchilik ko'p garov bog'lashgan. Ammo har doim murabbiyim garovda g'olib chiqardi.

Mana bu o'sha paytdagi suhbatdan parcha.




Mirjalol Qosimov haqida qisqacha malumot:

Tug'ilgan sanasi: 1970 yil, 17 sentyabr
Tug'ilgan joyi: O'zbekiston, Toshkent shahri
Bo'yi: 174 sm
Poziciyasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: "SK FMM Moskva" (1986), "Paxtakor" (1987), "Dinamo Minsk" (1988), "Paxtakor" (1988-1991), "Spartak Vladikavkaz" (1992), "Paxtakor" (1993), "Alaniya" (1994-1996), "Paxtakor" (1997-1998), "Alaniya" (1999), "Paxtakor" (1999), "Krilya Sovetov" (2000-2001), "Al SHabab" (2001-2002), "Paxtakor" (2002-2003), "Alaniya" (2003-2004), "Mashal" (2005).
Terma jamoadagi faoliyati: O'zbekiston (1992-2005)
Murabbiylik faoliyati: O'zbekiston olimpiya terma jamoasi (2006-2007), O'zbekiston terma jamoasi (2008-2010, 2012-2015), "Bunyodkor" (2007-2014, 2017-2018), AGMK (2019-...)




O'zbek futbolining tirik afsonasi bugun qutlug' 50 yoshni qarshilamoqda. Mirjalol Qosimovga butun o'zbek futboli muxlislari nomidan sog'lik, oilaviy baxt va omad tilab qolamiz. Murabbiy sifatida esa katta marralarni, xalqaro musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz.


Malumot uchun: Mirjalol Qosimov murabbiylik faoliyatida jami 321 o'yin o'tkazgan va shularning teng yarmidan ko'pi, yani 66% uchrashuvlarda g'alabani tantana qilgan. Xususan o'tkazilgan 321 o'yindan 190tasida g'alaba, 69 durang va 62 mag'lubiyat qayd etilgan. Etiborli tarafi, Qosimov OCHLda yarim finaliga 2 marotaba chiqqan yagona o'zbek mutaxassisi sanaladi. Ayni damda Superligada ishlayotgan barcha mutaxassislarning umumiy sovrinlarini qo'shib hisoblaganda ham Qosimov murabbiylik faoliyatida qo'lga kiritgan sovrinlarga tenglasha olmaydi. Mirjalol Qosimov murabbiy sifatida 3 karra O'zbekiston chempioni va O'zbekiston kubogi sohibi, O'zbekiston Superkubogida ham muvaffaqiyat qozongan murabbiy. Mazkur natija, yani sovrin yutish borasida ham ichki chempionat miqiyosida o'ziga xos xet-trik qayd etgan yagona mutaxassis.


Tug'ilgan kun muborak, Mirjalol Qo'shoqovich! Afsona! Maestro!

Muallif :
Reyting: +291   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика