"Liverpul"ni chempionlik sari etaklayotganlar (FOTO)
14 apr 2014 09:07
Yangiliklar


"Liverpul"ni chempionlik sari etaklayotganlar (FOTO)
Muxlislar. Deyarli chorak asrdan beri APLdagi chempionlikni kutib yashashmoqda. Jamoaning ko'rsatayotgan o'yinida ularning o'rni katta desak xato bo'lmaydi.
Brendan Rojers - jamoani chempionlik sari etaklayotgan murabbiy.
Luis Suares - APLning eng yaxshi futbolchisi, to'purari. Nafaqat Angliyada, balki, ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri desak xech kim etiroz bildirmasa kerak.
Daniel Starrij - ingliz futbolchilar orasida xozirda eng yaxshi to'purar bo'lib turgan futbolchi.
Filippe Koutino - ikkinchi davrani ajoyib tarzda o'tkazmoqda.
Raxim Sterling - mavsumda 7 ta gol urishga erishdi. "Arsenal" va "Siti"ga qarshi o'yinlarda xam maydonni golsiz tark etmagan.
Jordan Xenderson ushbu mavsumning kashfiyotlaridan biri xisoblanadi.
Va albatta Stiven Jerrard. Ushbu ro'yxatdan Stivning tushib qolishi adolatdan bo'lmaydi.
Martin SHkrtel - mavsumda 7 ta gol urishga erishgan himoyachi. Gol kiritgan jamoalari orasida CHelsi, Arsenal va Man Siti xam borliga etiborga loyiq.
Darvozabon Simon Minole xam jamoaning ushbu muvaffaqiyatlariga o'z xissasini qo'shib kelmoqda.
Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Fikrlar