So’nggi yangiliklar

17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  0 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  23 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  21 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  1 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  30 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7

"Liverpullik Stiv" - Stiven Jerrard haqida! Yangiliklar

"Liverpullik Stiv" - Stiven Jerrard haqida!

Kecha "Liverpul" afsonalaridan biri hisoblangan Stiven Jerrard faoliyatini yakunlaganini malum qildi.

SHu munosabat bilan angliyalik futbolchi haqida malumotlarni etiboringizga yana bir marotaba taqdim etishga qaror qildik.

Stiven Jorj Jerrard  - 1980 yil, 30 mayda Britaniyaning Mersisayd shahrida tug'ilgan. Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi. Futboldagi asosiy faoliyatini “Liverpul”da o'tkazgan. Britaniya imperiyasining kavalerlik ordeni sohibi.

8 yoshida “Liverpul” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisiga aylangan. 1998 yilda jamoaning asosiy tarkibida debyut qilgan. 2000 yilda esa asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. 2003 yilda Sami Xyupyadan sardorlik bog'ichini qabul qilib olgan. “Liverpul”dagi butun boshli faoliyati davomida ikki marta Angliya kubogi, uch marta futbol ligasi kubogi, ikki marta Angliya superkubogini, bir martadan Evropa chempionlar ligasi va UEFA kubogini va ikki marta Evropa superkubogi sohibiga aylangan.

Terma jamoa safida ilk marotaba 2000 yilda maydonga tushgan. To'rtta Evropa CHempionati va uchta jahon chempionatida ishtirok etgan. 2005 yilda Stiven Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. “Oltin to'p” so'rovnomasida uchinchi o'rinni egallagan.

Bolaligi

Stiv 1989 yilda, yani 8 yoshligida “Liverpul” skautlari nazariga tushgan va futbol klub akademiyasida talim olishni boshlagan.
U bolaligida tengdoshlari orasida yaqqol ajralib turmagan. SHuningdek, terma jamoadan ham chaqiruvlar olmagan. Hattoki, o'z vaqtida professional futbolchi bo'lish istagidan voz kechmoqchi ham bo'lgan. 14 yoshligida turli jamoalar ko'rigida bo'lgan. Ushbu jamoalar orasida MYU ham borligini takidlab o'tish lozim. “Liverpul” bilan ilk professional shartnomasini 1997 yilning 5 noyabrida imzolagan.


“Liverpul”



1998 yilning 29 noyabrida u ilk marotaba “qizillar” safida debyut qilgan.

2000/01 yilgi mavsumda Jerrard ilk marotaba sovrin qo'lga kiritgan. O'shanda u jamoasi bilan birgalikda  Angliya kubogi hamda Liga kuboklarida zafar quchgan. UEFA kubogining finalida “Alaves”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda esa uning muhim gol evaziga “Liverpul” 5:4 hisobida g'alaba qozongan. Mavsum yakunlariga ko'ra Jerrard Angliyaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.

2004 yilning yozida futbolchi “CHelsi”ga o'tib ketishga juda yaqin kelgandi. Lekin, uzoq davom etgan muzokara, gap-so'zlardan so'ng futbolchi “qizillar” safida qolishga qaror qildi. Uning ushbu qarorida uning Liverpuldagi do'stlari, oila azolari va shuningdek jamoa boshqaruvini qo'lga olgan Rafael Benitesning o'rinlari katta bo'ldi.

Jerrardning faoliyati haqida gap ketganida 2005 yilgi Istambul finali haqida gapirib ketmasak bo'lmaydi. O'shanda “Liverpul” CHempionlar Ligasi finalida “Milan”ga to'qnash kelgandi. Birinchi bo'limni “qizillar” 0:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunladilar. Lekin, ikkinchi bo'limda Jerrardning kiritgan golidan so'ng barchasi o'zgarib ketdi. Bir necha daqiqadan so'ng SHmicer hisobni 2:3 ga etkazadi. Biroz o'tib esa, “Milan” jarima maydoni ichida Jerrardga nisbatan qo'pollik ishlatiladi va Xabi Alonso penaltini golga aylantirib o'rtadagi muvozanatni tiklaydi – 3:3.
O'yindan so'ng bo'lib o'tgan penaltilar seriyasida “Liverpul” g'alaba qozonadi va tarixiy g'alabani qo'lga kiritadi.



2009 yilning 22 martida Jerrard “Aston Villa”ga qarshi o'yinda faoliyatidagi ilk xet-trikni amalga oshiradi. 19 oktyabr kuni esa Jerrard APLdagi 100-golini raqiblar darvozasiga kiritgan.

2013/14 yilgi mavsumda “Liverpul” chempionlik uchun jiddiy kurash olib borgandi. Ammo, 36-turda “CHelsi”ga qarshi o'yinda aynan qahramonimiz yo'q joyda yiqilib tushib, xatoga yo'l qo'yadi va shundan so'ng raqib futbolchisi Demba Ba gol kiritib, “CHelsi”ning g'alabasini taminlaydi. Aynan o'sha mag'lubiyat sababli “Liverpul” chempionlikdan quruq qolgan va chempion “Manchester Siti”dan 2 ochkoga ortda qolib ketadi.

2015 yilning 2 yanvarida u “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirmasligini va Angliyadan tashqarida ham futbol o'ynab ko'rish istagi borligini malum qildi. O'sha yilning 24 may kuni u “Liverpul” safidagi so'nggi o'yinida maydonga tushadi. O'sha o'yinda “qizillar” safarda “Stok Siti”ga 6:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Jerrard esa jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan.




“Los-Anjeles Gelaksi”


2015 yilning iyulida u MLSning “Los-Anjeles Gelaksi” jamoasi safiga borib qo'shiladi. 12 iyul kuni yangi jamoasi safida ilk o'yinda maydonga tushadi. 18 iyul kuni esa klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritadi.



2016 yilning noyabrida esa "LA Gelaksi" Stiven Jerrard bilan xayrlashayotganligi haqida rasman elon qildi. Klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor edi. Biroq, 36 yoshli Stiv MLSdagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi. U "Los-Anjeles Gelaksi" safida umumiy hisobda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan. SHuningdek, 14 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Terma jamoa

Stiven Jerrard Angliya terma jamoasi safida ilk marotaba 2000 yilning 31 may kuni Ukraina terma jamoasiga qarshi o'yinda debyut qilgan. O'sha yili terma jamoasi bilan Evropa chempionatida ishtirok etgan. Biroq, o'sha turnir inglizlar uchun omadsiz kechgan.

2002 yili bo'lib o'tgan Mundialni esa u jarohati sababli o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
Evro-2004 o'yinlarida esa terma jamoasi bilan chorak finalgacha etib borgan. O'shanda Angliya chempionat mezboni Portugaliya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
2006 yili Germaniyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida esa yana Portugaliya terma jamoasi Angliyani turnirdan chiqarib yuboradi. O'shanda jamoa penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygandi.
2010 yilgi JCHda esa u Mundialdagi ilk golini AQSH darvozasiga kiritgan. Guruhdan muammosiz chiqqan Angliya bu safar Germaniya terma jamoasiga yutqazib qo'yadi va yana turnirni erta yakunlashga majbur bo'ladi.



Evro-2012ga terma jamoani sardor sifatida boshlab tushgan futbolchi turnir davomida ikkita aniq golli pas berishga muvaffaq bo'ladi. CHorak finalda esa bo'lajak finalchi – Italiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyat boy beriladi.
2014 yil Braziliyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ham Stiven jamoasini sardori bo'ladi. Angliyaliklar uchun juda omadsiz o'tgan o'sha JCHda jamoa bitta o'yinda ham g'alaba qozona olmagan va guruhda so'nggi o'rinni egallab ortga qaytishga majbur bo'lgan.
2014 yilning 21 iyulida Stiven Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini elon qildi. U "uch sherlar" tarkibida 114 ta o'yin o'tkazib, 21 marotaba raqiblar darvozasini aniq nishonga olgan.


Faoliyatini yakunlanishi

2016 yilning 24 noyabr kuni Jerrard futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida rasman elon qildi.

"Faoliyatim ajoyib o'tdi. Buning uchun "Liverpul", "Los-Anjeles Gelaksi" va Angliya terma jamoalariga katta rahmat.

O'zimni juda baxtli his qilmoqdaman. Axir, juda ajoyib onlarni o'tkazdim. "Liverpul" libosida 700 ta o'yinda maydonga tushganimdan xursandman. Ushbu o'yinlarning aksariyatida jamoa sardori sifatida ishtirok etganman. Buyuk futbolchilar bilan birga futbol o'ynash nasib qildi. Meni qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarimga, shuningdek, oilamga rahmat", - deydi Stiven Jerrard.


Erishgan yutuqlari:

Angliya Kubogi sohibi: 2000/01, 2005/06

Liga Kubogi sohibi: 2000/01, 2002/03, 2011/12

Angliya Superkubogi sohibi: 2001, 2006

CHempionlar Ligasi g'olibi: 2004/05

UEFA Kubogi sohibi: 2000/01

Evropa Superkubogi sohibi: 2001, 2005


Vikipediya malumotlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика