"Liverpul" Lorente uchun 45 million evro to'lashga tayyor
16 may 2020 13:40
Yangiliklar


"Liverpul" Lorente uchun 45 million evro to'lashga tayyor
"Real Sosedad" himoyachisi Diego Lorente "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Mersisaydliklar yozgi transferlar oynasida mudofaa chizig'ini kuchaytirishmoqchi va klub ispaniyalik o'yinchini o'z tarkibiga jalb qilmoqchi.
"Qizillar" futbolchining bask klubi bilan tuzgan shartnomasida ko'rsatilgan 45 million evrolik tovon pulini to'lashga tayyor.
Lorentening "Sosedad" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
26 yoshli o'yinchi joriy mavsum jamoasi safida 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar