"Liverpul", "Arsenal" va MYU Mak Allisterga ko'z tikmoqda
06 apr 2023 16:05
Yangiliklar
"Liverpul", "Arsenal" va MYU Mak Allisterga ko'z tikmoqda
"Liverpul", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" 24 yoshli argentinalik futbolchi Aleksis Mak Allisterni o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. Ulardan ikkitasi allaqachon yarim himoyachi uchun "Brayton" bilan aloqaga chiqqan.
Premer-liga gigantlari futbolchini yozda tarkibiga qo'shib olishga urinib ko'radi. Malum bo'lishicha, Mak Allisterning otasi va boshqa vakillari Angliya kelgan hamda vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda.
Argentina terma jamoasi bilan dekabr oyida jahon chempioni unvonini qo'lga kiritgan futbolchi qishki transferlar oynasidan buyon hozirgi jamoasini tark etishi aytilgan edi. Endi ushbu mavzu iyulda yozgi oldi-berdilar jarayoni start olganida yana qayta jonlanishi kutilmoqda.
Mak Allister joriy mavsum Roberto De Dzerbi qo'l ostidagi jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'ldi. U liganing 24 o'yinida o'z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo'ydi.
Fikrlar