So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  0 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

LIVE: #taslimbo'lmasiroj. 50 millionllik marrani zabt etdik! Yangiliklar

LIVE: #taslimbo'lmasiroj. 50 millionllik marrani zabt etdik!

Teglar :  Sirojiddin Sayfiev
Aynan shu saxifa orqali "Taslim bo'lma, Siroj" akciyasiga oid xabarlar, kun davomida yangilanib boriladi.

SIROJIDDIN SAYFIEVNING

HISOB RAQAMI

Bank

Mikrokreditbank. Samarqand viloyati, Bulung'ur tumani filiali

X/r

23120000700000289555

MFO

00289

INN

200730226

Plastik raqami

8600 0504 6610 1484 (Toshmatova Tamara, onasi)

NAQD PUL UCHUN TOSHKENT

+99898 3639946

NAQD PUL SAMARQAND

+99893 3540558 (Sirojiddinning ukasi, Fazliddin)

Yig'ilishi kerak bo'lgan summa

200 000 000 so'm

Yig'ilgan summa

62 863 800 so'm

Qolgan summa

137 136 200 so'm

Xalqaro pul o'tkazmoqchi bo'lganlarga

+60 139961721 

telegram raqamidan pasport kopiyani yuboramiz




17 aprel

"Neftchi" muxlislar klubining ashaddiy ishqibozlariga RESPEKT! Rahmat sizlarga!



15 aprel


- Sekin - sekin klublardan pullar kela boshladi. Kutilayotgan summani 4/1 yig'ib bo'ldik. Yana uch qismi qoldi. Afsuski, hisob raqamini bering deganlarning ko'pi shunchaki tomoshabin. 1 oyda 1 gb internetni tejab shu pulni xayriya yo'lida ishlatsangiz nur ustiga,  alo nur bo'lgan bo'ladi!


11 aprel

-
Bugun "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuviga kelinglar va Sirojiddin Sayfievga yordam beringlar! Siz olgan chipta pullarining barchasi xayri yo'lida sarflanadi! Bahs soat 16:00da boshlanadi.

-
Yana bir muhim xabar: Sirojiddin Sayfievning ahvoli yaxshilanmoqda. Demak uni qo'llab quvvatlashda davom etamiz!


9 aprel

- "Biz bir jamoamiz! Futbolchimi, murabbiy yoki hakam, barchamiz futbolning bir oilasimiz", - deya Ravshan Ermatov hakamlar nomidan akciyada qatnashishlarini bildirib o'tdilar.

- Abduraxmon Fozilov boshchiligidagi O'zbekiston muxlislar klubi bugun o'zining katta yordamini berib ketdi, rahmat!

- "JFL Tashkent" bolalar futbol klubining ochilish marosimida ishtirok etgan "Obod" vakillari akciyamizda qatnashib ketdilar.


8 aprel 


- Aziz Alijonov boshqaruvidagi "Neftchi" jamoasining 2004 yilda tavallud topgan futbolchilari ham akciyamizga o'z ulushlarini qo'shayaptilar.



- "Navbahor" muxlislariga qoyil! 1 258 100 so'm miqdorida pul yig'ishni uddasidan chiqdilar.



- CHet eldan pul yuborishni maqsad qilganlar +60 139961721 telegram raqamiga xabar qoldirsalar, Sirojiddin Sayfievning ukasining pasport malumotlarini taqdim etamiz.


- "Bunyodkor" ham akciyada qatnashadi. U erdan vakilimiz Eldor SHomurodov.

 
- Oliy liganing 5-turida klublarimiz Sayfievni qo'llab quvvatlashdi.



"Neftchi"



"Qo'qon-1912" va "Dinamo" o'zaro o'yindan oldin


7 aprel.
- "Navbahor" jamoasi azolari "Taslim bo'lma, Siroj" akciyasida qatnashib Sirojiddin Sayfievga yordam berishlarini malum qilishgandi. "Mashal"ga qarshi uchrashuvdan oldin muxlislarimiz ham akciyada ishtirok etayotganliklarini o'yingoh atrofida o'rnatilgan uchta hayriya qutisi orqali malum qilishdi.





- Qatarning "Al Jayish" klubida o'ynayotgan Sardor Rashidov ham akciyaga qo'shildi



-
O'zbekiston muxlislar klubi sardori Abdurahmon Fozilov ham akciyaga qo'shildi



- Qirg'iziston chempionatida faoliyatini davom ettirayotgan Alisher Azizov va bir muddat "Paxtakor" safida harakat qilgan Anatoliy Vlasichev ham akciyamizga qo'shildilar. Bu ikki futbolchining keyingi faoliyatlariga omad tilaymiz! 

6 aprel.

- Aziz To'xtaboev: “Biz sen bilan, Sirojiddin”

- Samarqandlik futbolchilar, bugunda xorijda to'p tepayotgan Bahodir Nasimov va Dilshod SHarofetdinovlar ham akciyada ishtirok etadilar.


- Bu haqda bugun eshitdik deya bir kunda ikki nafar futbolchimiz aloqaga chiqdilar. Bular, Sanjar Tursunov va Odil Ahmedov! Tezlashayapmiz azizlar!

- Malayziyadan Lutfillo To'raev ham akciyaga qo'shilganligini elon qildi!


Evropa metodikasi asosida faoliyat boshlagan "JFL Tashkent" jamoasi 9 aprel kuni o'zining rasmiy ochilish marosimini o'tkazadi. SHu kuni Varrak shou bo'lib o'tadi. 9 aprel kuni yig'iladigan barcha pullar Sirojiddin Sayfievga beriladigan bo'ldi. Unda Germaniyaning "JFL" jamoasi ham ishtirok etadi.


- Oliy liganing quyidagi jamoalari - "Lokomotiv", "Nasaf", "Dinamo", "Qo'qon-1912", "Navbahor", "Buxoro", "Obod", "Paxtakor", "Metallurg", "Qizilqum", "So'g'diyona", "Neftchi", "Olmaliq" akciyada qatnashadigan bo'ldilar! RAXMATISHE!

- 6 aprel kuni 3 million so'm miqdorida pul yig'dik. 197 000 000 so'm qoldi! 

- "Metallurg" jamoasi azolari ham akciyaga qo'shildilar. Hikmat Xoshimov sardorligidagi klub pul yig'ishni boshlab yubordi.

- Bugun "Navbahor" nomidan Dilshod Jabborov telefon qildi. "Navbahor" akciyaga qo'shildi. Futbolchi, Sirojiddin uchun jamoa duoda ekanligini aytib o'tdi.

- Sirojiddinni "Dinamo"dagi qarzi borasida bugun PFLga murojaat qildik. Borishimizdan 1 soat avval Farhod Magometovning o'zi bu borada klubga murojaat qilgan va futbolchisining oldidagi qarzdorlikni tezlik bilan yopish kerakligini aytib o'tgan. Bu ishi uchun u kishiga rahmat aytdik va 6-tur kuni bo'lib o'tadigan "Dinamo" - "Buxoro" uchrashuvida PFL bilan hamkorlikda akciyaga oid tadbir qilish borasida kelishib oldik. Undan tashqari oliy liganing yana bir qator klublari akciyada qatnashishi burchi ekanligi aytib o'tildi. Sal turib Sayfievning onasining plastik raqamini elon qilamiz.

6 aprel.

- Akciyadan xabar topgan Farg'onaning "Neftchi" klubi ham unga o'ylab o'tirmay qo'shiladigan bo'ldi. Farg'ona shahridagi elchimiz sobiq futbolchi Bahrom Haydarov.  "Siroj meni ukam, ishonaman, farzandlarining quvonchini birga ko'ramiz. Ollohdan unga uzoq umr so'rayman", - deydi Bahrom Haydarov.


5 aprel.

- "Qo'qon-1912" klubi ham Sirojiddin Sayfievga yordam berish akciyasida ishtirok etadigan bo'ldi. Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Dinamo" uchrashuvida futbolchini qo'llab-quvvatlovchi akciya bo'lib o'tadi. Barchani 7 aprel kuni Qo'qondagi "Markaziy" stadionga chorlab qolamiz. Qo'qondagi elchimiz Akramjon Mamadaliev.

- Jizzaxning "So'g'diyona" klubi ham akciyaga qo'shildi. Jizzaxdagi elchimiz Davron Fayziev.


aleziya.com sayti 1 oylik daromadini Sirojiddin uchun atashini takidlab o'tdi.

- Jafar Irismetovning taklifi bilan "Obod" jamoasi ham akciyada ishtirok etadigan bo'ldi.


"Olmaliq" jamoasi ham akciyaga qo'shilishini malum qildi. Akciyani u erdagi elchimiz Kamoliddin Murzoev. Futbolchilar qo'llaridan kelgan yordamni berishlarini malum qildilar.

4 aprel.

- Qatardan xabar. Sanjar SHoahmedov va Temurxo'ja Ayuduxoliqov akciyamizda qatnashadilar. Respektishe! Biz futbolchimiz, bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz kerak, deydi Sanjar!


- Akmal SHorahmedov "Nasaf" elchisi sifatida loyihada ishtirok etadi. 

- "Dinamo" safida birga to'p tepkan Jafar Irismetov va Zayniddin Tojiev u jarohat olib yotgan payti ham yolg'izlatib qo'ymagan edilar. Boshlangan akciyada ham ular faol bo'lishlarini aytdilar va qo'ldan kelgan barcha yordamlarini ayamaydilar.

- "Dinamo"da Sayfievga ustozlik qilgan Azamat Abduraimov aloqaga chiqib, faxriylar o'rtasida tadbir o'tkazish taklifi bilan chiqdi. 

- Baxtiyor Ashurmatov "Buxoro" nomidan aloqaga chiqdi va "Dinamo" - "Buxoro" o'yinida bo'lib o'tadigan akciyada munosib ishtirok etishligini aytib o'tdilar. "Buxoro"dagi elchimiz Baxtiyor Ashurmatov.



- "Lokomotiv" klubi birinchilardan bo'lib akciyada ishtirok etishlarini malum qildilar va uni o'zlarining saytlarida yuqoridagi surat bilan ifodaladilar. Temur Kapadze sardorligidagi klub allaqachon pul yig'ishni boshlab yubordi. "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvidan tushadigan barcha pullar futbolchiga o'tkazib beriladigan bo'ldi. SHuning uchun Toshkentda istiqomat qilayotgan futbolga befarq bo'lmagan muxlislarni "LOKOMOTIV" - "ISTIQLOL" uchrashuviga taklif etamiz! Bu haqda klub direktori o'rinbosari To'labek Akramov saytimizga malum qildi.




Reyting: +180   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика