Eshitdik-da! O'zbekiston MTJ azosiga Eronning 2 klubi qiziqmoqda
06 dek 2024 15:10
Yangiliklar
Eshitdik-da! O'zbekiston MTJ azosiga Eronning 2 klubi qiziqmoqda
Unda klublar va futbolchilar faol bo'lish ilinjida harakatlarni olib borishmoqda.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Navbahor" klubi himoyachisi Farruh Sayfievga Eronning birdaniga 2 klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bular: "Fulad" va "Traktor". Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda. "Fulad" tarkibida terma jamoamizning yana bir azosi O'tkir Yusupov ham harakat qilishidan xabaringiz bor.
Malumot uchun, "Fulad" ayni paytda Eron chempionatida 10 o'yindan 18 ochko jamg'argan holda 5-o'rinda bormoqda, "Traktor" esa 10 o'yinda 22 ochko yig'ib peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Sayfiev 2024 yil "Navbahor" safida Superligada 21 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Fikrlar