"Lion" "Vest Xem"ning Paketa bo'yicha taklifini rad qildi
25 avg 2022 23:40
Yangiliklar
"Lion" "Vest Xem"ning Paketa bo'yicha taklifini rad qildi
Franciyaliklar angliyaliklarning shartlarini qabul qilishmadi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Lion" "Vest Xem"ning yarim himoyachi Lukas Paketani sotib olish bo'yicha taklifini rad etgan.
London klubi 24 yoshli braziliyalik uchun bonuslar bilan birga taxminan 50 million evro taklif qilgan. Biroq "bolalar" rozi bo'lishmadi. "Bolg'achilar" yaxshilangan taklif bilan qaytishlari kutilmoqda.
Paketa "Lion"ga 2020 yilda kelib qo'shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum "Lion" safida 43 ta o'yinda 11 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar