Lineker: "Agar "Yil futbolchisi" sovrini aldovlarsiz topshirilganida, Messi har doim uni qo'lga kiritgan bo'lardi"
05 sen 2018 08:45
Yangiliklar
Lineker: "Agar "Yil futbolchisi" sovrini aldovlarsiz topshirilganida, Messi har doim uni qo'lga kiritgan bo'lardi"
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Gari Linekerning fikricha, "Barselona" forvardi Lionel Messi FIFA tomonidan "Yil futbolchisi" sovrinining uchligiga kiritilishi kerak edi.
"Bu o'yinni tushunadigan barcha Messi "Yil futbolchisi" soviniga munosib degan fikrda. "Barselona" Messi tufayli oltin dublga erishdi. U deyarli har o'yinda gol uradi va Leoning o'yin uslubi tomoshabinlarga rohat beradi. Agar sovrin aldovlarsiz topshirilganida, Messi uni har doim yutgan bo'lardi" - deydi Lineker.
Eslatib o'tamiz, FIFA tomonidan taqdim etilgan "Yil futbolchisi" finalchilari ro'yxatiga Krishtianu Ronaldu, Muhammad Saloh va Luka Modrich kirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar