Levandovski "Bavariya" haqida: "Klub va shahar men uchun uyimdek, ammo..."
08 iyu 2022 09:44
Yangiliklar


Levandovski "Bavariya" haqida: "Klub va shahar men uchun uyimdek, ammo..."
Hujumchi Robert Levandovski "Bavariya"dan ketishi haqida gapirdi.
"Bu haqida ko'p gapirishni istamayman. Men "Bavariya"ni juda hurmat qilaman, biz so'nggi 8 yili ichida ko'p narsaga erishdik.
Klub va shahar men uchun uyimdek. Bu erda maydonda va uning atrofida ajoyib insonlarni uchratdim. Ammo ketish - futbolning bir qismi. Agar menga o'zgarishlar kerakligini his qilsam, bu haqida aytishim lozim. Bu mening qarorim.
OAV dunyosi va futbol dunyosi - boshqa-boshqa narsalar. OAVda mish-mishlar ko'p tarqaladi. Futbol dunyosida esa jimlik muhim, ayniqsa transferlar oynasi vaqtida.
"Bavariya"ga barcha yaxshi tilaklarimni tilayman, rahbariyat haliyam shunday o'ylayotganiga shubhalanayotganim yo'q. SHuning uchun ham biz kelishuvga erisha olamiz", - dedi hujumchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar