"Lester" Xarvi Barns bilan yangi shartnoma imzoladi
19 avg 2021 18:01
Yangiliklar
"Lester" Xarvi Barns bilan yangi shartnoma imzoladi
"Lester" yarim himoyachisi Xarvi Barns klub bilan shartnomasini uzaytirdi.
Bu haqda "tulkilar" rasmiy sayti xabar bermoqda.
Futbolchining shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan edi. Yangi shartnomaga ko'ra, o'yinchi jamoada 2025 yilning yoziga qadar harakat qiladi.
23 yoshli Barns o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi.
U Angliya terma jamoasi tarkibida Evro-2020da qatnashishga nomzod edi, ammo jarohat sabab turnirni o'tkazib yubordi.
Fikrlar