Leonardo: "Kavani uni qo'yib yuborishni so'radi, ammo biz "Atletiko" taklifini rad etdik"
20 jan 2020 10:36
Yangiliklar


Leonardo: "Kavani uni qo'yib yuborishni so'radi, ammo biz "Atletiko" taklifini rad etdik"
PSJ sport direktori Leonardo shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadigan urugvaylik hujumchi Edinson Kavanining kelajagigi bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Edinson Kavani uni yanvarda qo'yib yuborishni so'radi, ammo biz "Atletiko" taklifini rad etdik. Kurzava? Ayni damda "Arsenal" bilan muzokaralar o'tkazmayapmiz" - deydi Leonardo.
Kavani 2013 yildan beri PSJ sharafini himoya qiladi. Forvard joriy mavsum 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 1ta golli pas berdi. 32 yoshli urugvaylikning shartnomasi 2020 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Mish-mishlarga ko'ra, Edinson xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar