Lempard - "Bornmut"ga uchralgan mag'lubiyat haqida: "CHarchadim"
15 dek 2019 13:46
Yangiliklar


Lempard - "Bornmut"ga uchralgan mag'lubiyat haqida: "CHarchadim"
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard APLning 17-turi doirasida "Bornmut"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"CHarchadim. Qachonki jamoamiz to'liqligicha himoyalanadigan jamoaga qarshi o'yin ko'rsatsa, ularning darvozasi tomon yo'l topa olmayapti. Raqiblar juda tartibli himoyalanishdi. Biroq "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni yaxshi o'tkazgandik.
Endi boshqacharoq o'ynashimiz kerak. Tezkorlikni qo'shib, extiyotkorlikni oshirsak, marra bizniki bo'ladi", - dedi Lempard.
Qayd etish kerak, "CHelsi" APLdagi so'nggi 5 o'yinning 4tasida mag'lub bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar