Leandro Lino: "Jahon chempionatigacha juda ko'p mehnat qildik va bu o'z samarasini berdi"
07 okt 2024 23:15
Yangiliklar
Leandro Lino: "Jahon chempionatigacha juda ko'p mehnat qildik va bu o'z samarasini berdi"
"Finalda ajoyib o'yin o'tkazdik. Qaysi jamoa kamroq xatoga yo'l qo'yib, vaziyatlardan ko'proq foydalansa, g'alaba qozonishini bilardik. Birinchi bo'limda ikki to'p farqi bilan tanaffusga yo'l oldik. Kiyinish xonasida himoyada o'ta ehtiyotkor bo'lishimiz lozimligini takidlashdi. SHunga qaramay, baribir o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Umuman olanda, himoyada mustahkam edik va Argentinaning hujumlariga dosh bergan holda chempion bo'ldik.
Braziliya va Argentina o'rtasidagi klassikoda, ustiga-ustak finalda to'p tepish o'zgacha hissiyot bag'ishlaydi.
Biz turnirgacha juda ko'p mehnat qildik va bu o'z samarasini berdi. Men 29 yoshdaman, jahon chempioni bo'ldim va keyingi mundialda ham ishtirok etishim mumkin. Nima bo'lganda ham, o'z ustimizda ishlashda davom etishimiz kerak", dedi Lino.
Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi o'z tarixida oltinchi marotaba jahon chempioni bo'ldi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar