La Liga. Simeone ajoyib natijaga erishdi
17 okt 2020 21:35
Yangiliklar


La Liga. Simeone ajoyib natijaga erishdi
Ispaniya chempionati 6-turi doirasida “Atletiko” Vigoga safar qilib, “Selta”ni 2:0 hisobida taslim etdi.
SHu tariqa, Diego Simeone “matraschilar” murabbiyi sifatida yubiley 200-g'alabasini tantana qildi. U “Atletiko”ni 2011 yildan beri boshqarib keladi va jamoa uning qo'l ostida 330 uchrashuvda qatnashgan.
Simeone bitta klub boshqaruvida 200 ta g'alabaga erishgan Ispaniya chempionati tarixidagi 2-murabbiyga aylandi. Bu borada peshqadam esa “Real”ga ustozlik qilgan Migel Munos (257 g'alaba) hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar