La Liga. "Real Madrid" oktyabrdan beri ilk bor gol ura olmadi
10 jan 2021 03:33
Yangiliklar


La Liga. "Real Madrid" oktyabrdan beri ilk bor gol ura olmadi
Ispaniya chempionati 18-tur doirasida o'tgan bellashuvda Madridning "Real" jamoasi safarda "Osasuna" qarshiligini enga olmadi (0:0).
Zinedin Zidan shogirdlari La Liga doirasidagi o'yinlarda 17 oktyabrdan buyon birinchi marta raqib darvozasiga yo'l topa bilishmadi – o'shanda jamoa "Kadis"ga mag'lub bo'lgandi (0:1).
Barcha musobaqalarni inobatga oladigan bo'lsak, "Real" 5 dekabrdan buyon raqiblari darvozasini hech bo'lmasa bir marta ishg'ol qilayotgandi. 1 dekabr kuni "qaymoqranglilar" ECHL guruh bosqichida "SHaxter"ga imkoniyatni boy berishgandi (0:2).
Navbatdagi uchrashuvni "Qirollik klubi" Ispaniya Superkubogi doirasida Bilbaoning "Atletik" jamoasiga qarshi, 14 yanvar, kuni o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar