So’nggi yangiliklar

01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  0 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  12 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  6 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  38 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  4 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  26 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  22

La Liga. Messi faoliyatidagi 699-golini urgan o'yinda "Barselona" ishonchli tarzda g'alaba qozondi Yangiliklar

La Liga. Messi faoliyatidagi 699-golini urgan o'yinda "Barselona" ishonchli tarzda g'alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Leganes" uchrashuvi tugadi.


Barselona Leganes 2:0 

«Kamp Nou»

Gollar: 1:0 – 42 Fati, 2:0 – 69, penalti Messi.

Barselona – Ter SHtegen, Pike (Umtiti, 73), Firpo, Langle, Serxi Roberto (Semedu, 53), Buskets (Vidal, 63), Artur (Puch, 73), Rakitich, Fati (Suares, 54), Messi, Grizmann.

Leganes – Kuelyar, Tarin, Avazem, Silva (Rodriges, 71), Bustinsa, Resio (Xil, 85), Eraso (Amadu, 63), Ruben Peres, Mesa (Assale, 46), Ruibal, Gerrero (Karrilo, 71).

Ogohlantirishlar: Bustinsa (37), Ruben Peres (68), Avazem (82), Langle (84), Puch (84), Firpo (89), Rakitich (90).


FINISH! O'yin tugadi. "Barselona"ning ashaddiy muxlislarini ishonchli g'alaba bilan muborakbod etamiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+5. Ehhhh, Suares qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi. 

90+4. Messi o'yin qoidasini buzgan holda Rodrigesni yiqitdi. 

90+3. Rakitich sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

Messi bugungi o'yinda faoliyatidagi 699-golini urdi. SHunchaki tasanno! 

90+1. Messi boshchilidagi "Barselona" hujum chizig'i raqibga bosim o'tkazib, keskin hujumlarni amalga oshiryapti. 

Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi. 

90. Rodriges jarima zarbasini ajoyib tarzda ijro etdi, Ter SHtegendan qoyilmaqom seyv! 

89. Firpo raqibni yiqitgani bois sariq ishlab oldi. 

88. Zarbaaaa! Puch birga-bir holatni golga aylantirishi mumkin edi. 

85. "Leganes"da o'zgarish: Resio o'rniga Salvaterra tushdi. 

84. Navbatdagi qoida buzish va sariq kartochka - Puch ogohlantirildi. 

83. Umtiti Amaduga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. Ogohlantirish! 

82. Avazemga sariq ko'rsatildi! 

81. "Leganes" futbolchisi Karrilodan zarbaaaa!   Bir oz noaniq. 

80. Tezkorlik bilan raqib jarima maydonchasiga kirib borayotgan Puch yiqitildi.  Rakitich jarima zarbasini muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi. 

79. Arturo Vidaldan uzatma... "Barsa" to'pga egalik qilmoqda. 

77. Davom etamiz, do'stlar. 

Bugungi o'yinda Messi bosib o'tgan maydonning turli qismlari 

76. Hakam tomonidan "taym-out" taqdim etildi,  futbolchilar suv ichib olishlari mumkin. 

74. Vidaldan "podkat", qurbon - Assale. 

73. "Barsa"da o'zgarishlar: Artur o'rniga Puch, Pike o'rniga Umtiti tushdi. 

71. "Leganes"da o'zgarish: Silva o'rniga Rodriges tushdi. 

70. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!! Messi penaltini golga aylantirdi! 

67. Silva jamoasiga penalti olib keldi.

YO'O'O'O'O'QQ VAR ofsayd tufayli golni inobatga olmadi. 

64. GOOOOOOOL! Semeduning uzatmasidan keyin Grizmann gol urdi! 

63. "Leganes"da ham o'zgarish: Eraso o'rniga Amadu tushdi. 

63. "Barsa"da o'zgarish kuzatildi. Buskets o'rniga maydonga Vidal tushdi. 

60. Pike maydonga qaytdi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 80% - 20% 

59. "Leganes" to'pga egalik qilmoqda. 

58. O'yin davom etadi. 

57. Pike jarohat olgani bois maydonda tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

56. O'yin to'xtab qoldi. Pike maydonda yotibdi. 

Messini faqat shu yo'l bilan to'xtata olasiz.

54. "Barsa"da 2 ta o'zgarish: Roberto o'rniga Semedu, Fati o'rniga Suares tushirildi. 

52. Messi raqib futbolchisini yiqitdi. 

51. Zarbaaaa! Messi chamasi 30 metrlardan jarima zarbasini amalga oshirdi. Kuelyar o'z o'rnida. 

Tanaffusdan keyin "Leganes"da o'zgarish bo'lgan: Mesa o'rniga Assale tushirilgan. 

49. Rakitich va Messi bir-biriga pas berdi, Rakitich ozgina adashdi va to'pni oldirib qo'ydi.  

47. "Barselona" to'pga egalik qilishda davom etyapti. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

WhoScored: birinchi bo'lim uchun futbolchilarga qo'yilgan baholar

Birinchi bo'limdan suratlar

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

43. Messi yana bir vaziyatni golga aylantirishi mumkin edi. 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!!! Ansu Fatining pastki burchak tomon yo'llagan zarbasini darvozabon bartaraf etolmadi. 

41. "Barsa" raqib jarima maydonida vaziyat yaratishga intilyapti, 

40. Rakitich burchak zarbasini amalga oshirdi, foydasiz. 

39. Pike hujumga etib kelib, vaziyat yaratishga urindi. 

38. Endi esa Fati Avazem tomonidan yiqitildi. 

37. Messi Silvani aldab o'tib ketayotganida yiqitildi. Unga sariq kartochka ko'rsatildi.  

35. "Leganes" yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritdi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 77% - 23% 

33. Futbolchilar suv ichib olishdi. Davom etamiz. 

31. Hakamlar tomonidan "taym-out" elon qilindi. 

30. Rakitichdan chiroyli uzatma... Grizmanning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq. 

29. Messi... Firpo... vaziyat yaratishga harakat bor, ammo hozircha foydasiz. 

28. Rakitich to'pni ichkariga oshirdi, to'p rikoshet orqali darvozabonga etib bordi. 

26. Rakitich o'ng qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi... 

23. "Barselona" faollikni oshirishi lozim. Setenning boshi qotgan. 

22. Rakitich Mesani yiqitdi. 

Langlening 11-daqiqadagi seyvi

21. Mezbonlar bosim qilishda davom etishmoqda. 

19. Rakitich to'p bilan maydon markaziga... "tiki-taka" davom etyapti. To'p Fatida, u Messiga uzatdi... Buskets... yana oldinga. Qarama-qarshi qanotga Robertoga uzatildi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. 

18. Ruben Peres yiqitildi. 

17. "Barselona" raqib darvozasi tarafda hujum tashkil etmoqda.

16. "Leganes" to'pga egalik qilmoqda.  

15. Gerrero Arturga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hozircha "Barselona" to'p bilan, foizlar bo'yicha ko'rsatkich - "Barselona" 74%, "Leganes" 26% 

13. Resiodan xavfli uzatma, lekin samarasiz. 

13. Buskets Erasoga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

11. "Leganes"ning xavfli hujumi! Eraso to'p bilan oldinga intilib bordi... ammo yakunda Langlening sharofati bilan hech narsa amalga oshmadi.

10. "Barselona" to'pga egalik qilmoqda. CHap qanotdan hujumga o'tgan Fati yiqitildi va jarima zarbasi belgilandi. Uzatma samara bermadi.

8. Ansu Fati oldinga o'tib, reyd amalga oshirmoqchi bo'ldi, biroq to'p unga bo'ysunmadi. 

6. Buskets>Rakitich>Messi... Messi hujumga o'tishga urindi, lekin u qo'pollik ishlatdi deb topildi va "Leganes" darvozaboni jarima zarbasidan to'pni jamoadoshlariga uzatdi.

5. "Barselona" to'pga egalik qilmoqda.

Leo bugun 2ta gol ursa,  faoliyatidagi 700-golini urgan bo'ladi (bungacha 628 tasini klubda, 70 tasini termada urgan). 

1. O'yin boshlandi! 

"Barselona" futbolchilari chigil yozdi mashg'ulotlarida

Futbolchilar stadionga etib kelishdi 

"Kamp Nou" bugungi o'yinni qabul qilishga tayyor! 

Tarkiblar elon qilindi


- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qoldi. 


- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun La Liga 29-turi doirasida "Barselona" "Kamp Nou"da "Leganes"ga qarshi o'ynaydi. Bu bahsni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика