So’nggi yangiliklar

18:00U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай U-17 – Ўзбекистон U-17 0:1 (Матнли трансляция)  27 17:30Про лига. "Олимпик-MobiUz" - "Локомотив" 0:1  0 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  1 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  1 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  20 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  11 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  7 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  10 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  41 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  7 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   37

Kamoliddin Tojiev : "Oxirigacha kurashib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev : "Oxirigacha kurashib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik"

Superliga 23-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" (1:0) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda o'yinga kirisha olmadik. Qiyin o'yin bo'lishini ham bilar edik va bunga tayyor edik. Yigitlarga rahmat. Bugun oxirigacha kurashib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik," - dedi Kamoliddin Tojiev bahs yakunlangach.


- Bugun asosiy tarkibda bir nechta o'zgarishlar bo'ldi. Ushbu rotaciyalar qanchalik o'zini oqladi? O'zingiz ham jamoa birinchi bo'limda qiynalganini aytdingiz...

- Undan oldingi turlarda qiyin o'yinlar o'tkazdik. Shu sababli futbolchilarga dam olish uchun imkoniyat berdik. Birinchi bo'limda biroz o'yinimiz qovushmadi, ammo ikkinchi taymda o'yinimiz yaxshilandi va zaxiradan o'yinga qo'shilganlar o'yinga kirishib keta olishdi.


- Riaskos bugun qaydnomada yo'q edi. Alijonov ham zaxirada qoldi. Demak, ushbu ikki futbolchiga dam berilgan, to'g'rimi?

- Riaskos jarohatda. Alijonovga dam berdik, u barcha o'yinlarda harakat qildi va terma jamoa safida ham o'ynadi.


- "Paxtakor"ning keyingi uchrashuvi "Buxoro"ga qarshi. Ikki jamoa ham Kubok finalida ishtirok etadi. Keyingi uchrashuvda ikki jamoa ham imkon qadar bor "kartalar"ni yashirishga harakat qiladimi?

- "Karta"ni ochmaslikning iloji yo'q. Har bir jamoa bo'lajak raqibining oldingi o'yinlarini ko'radi va kuzatadi. Biz 24-tur bahsiga odatdagidek tayyorgarlik ko'ramiz.


- Birinchi davradagi ikki jamoalar to'qnashuvida "Paxtakor" mag'lub bo'lgan edi va shundan so'ng Pedru Moreyra istefoga chiqarilgan edi. O'sha bahsdan so'ng siz yana jamoaga qaytarildingiz. Hozir esa oradan bir necha oy vaqt o'tdi. Ushbu vaqt ichida "Paxtakor"da qanday o'zgarishlar bo'ldi deb o'ylaysiz? Jamoa o'yinida o'sish kuzatildimi?

- Men jamoada yo'q vaqtim nimalar ro'y berganini bilmayman. Men kelganimdan so'ng biz bir oila bo'lib birlashdik. Oxirigacha kurashyapmiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика