So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  40 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Superliga. "Dinamo" o'z uyida "Sho'rtan"dan ustun keldi Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" o'z uyida "Sho'rtan"dan ustun keldi

Teglar :  SHo'rtan"Dinamo"
Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Sho'rtan" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Dinamo" – "Sho'rtan" 2:0
29 sentyabr 2025 yil. "Dinamo" stadioni. 19:00.
Hakamlar:
Xushnud Suyunboev, Shavkat Rahmatov, Mahmud Turdiev, Dias Galeev.
Nazoratchi: Bobur Haydarov
VAR: Nikita Mustafin
AVAR: Adham Rixsiboev
Komissar: Davron Ibrohimov.

Gollar: Anvar Hojimirzaev 14, - 1:0 (Jahongir Abdusalomov). Behruz Oblaqulov 90+3, - 2:0.

"Dinamo": 27.Edem Nemanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Jurani Ferreyra, 8.Sanjar Qodirqulov (25.Oybek O'rmonjonov, 46), 10.Anvarjon Hojimirzaev (14.Bahodir Nasimov, 85), 16.Richard Fraydey (23.Behruzbek Oblaqulov, 46), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (11.Xislat Halilov, 73), 55.Dmitriy Pletnyov (88.Marko Stanoevich, 73), 77.Mahmudjon Mahamadjonov.
Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 4.Akbar Abdirasulov, 22.Ulug'bek Abdullaev, 37.Firdavs Abdurahmonov, .

"Sho'rtan": 1.Shohruh Eshbo'taev, 6.Odilbek Abdumajidov, 9.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 10.Temur Mamasidiqov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 22.Sardor Sadullaev, 24.Doniyor Narzullaev (8.Abubakr Rizo Turdialiev, 67), 33.Bekjon Rahmatov (27.Choriyor Tursunqulov, 67), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 70.Mirjalol Jumaev, 76.Islomjon Kenjaboev.
Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 3.Shohjahon Sultonmurodov, 11.Jasurbek Hakimov, 15.Jo'rabek Mannonov, 45.G'anisher Qodirov, 88.Diyorbek Asomiddinov, 99.Sardorbek Saidov. 

Ogohlantirishlar: Choriyor Tursunqulov 76. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+3. O'yin tugadi. "Dinamo" - "Sho'rtan" 2:0

90+3. GOL! Behruzbek Oblaqulov himoyadan oshirilgan to'pni egallab olib jarima maydoniga kirib gol urdi - 2:0. 

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi

88. Nasimov o'yinga faol qo'shildi va Obloqulovni qulay vaziyatga chiqardi, ammo uning zarbasi noaniq chiqdi

85. O'zgarish. "Dinamo". Hojimirzaev o'rniga Bahodir Nasimov maydonga tushdi!

82. ZARBAAAAA! Stanoevichning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegdi!

81. ZARBAAA! Hojimirzaevning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

77. Zarbalar! Dastlab Xalilovning, keyin O'rmonjonovning zarbasi xavfli chiqdi

76. Ogohlantirish. "Sho'rtan". Choriyor Tursunqulov

73. O'zgarishlar. "Dinamo". Abdusalomov o'rniga Xislat Xalilov, Pletnyov o'rniga Marko Stanoevich maydonga tushdi

69. Xavfli vaziyat! Hojimirzaev yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, Eshbo'taev to'pni qaytardi 

68.  G'uzorliklarning jarima to'pidan etkazgan uzatmasini Ratino qaytarib qoldi

67. O'zgarishlar. "Sho'rtan". Narzullaev va Rahmatov o'rniga Turdialiev va Tursunqulov tushdi

60. "Sho'rtan" ketma ket burchak to'pini amalga oshirdi, samarasiz 

57. UXXX! Jahongir Abdusalomovning zarbasi darvoza ustuniga tegdi!

56. ZARBAA! Pletnyovdan chamasi 20 metrdan zarba, ammo Eshbo'taev bartaraf etdi

50. Xavfli vaziyat! Xoldorxonov hujumga o'tdi, to'pni Mahmud Mahamadjonov undan olib qo'ydi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarishlar. "Dinamo". Sanjar Qodirqulov o'rniga Oybek O'rmonjonov, Richard Fraydey o'rniga Behruzbek Obloqulov maydonga tushdi


45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:0

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi

40. "Dinamo" katta tashabbusga ega bo'lmoqda

33. ZARBA! Sanjar Qodirqulov yakkama-yakka vaziyatga chiqib, zarba yo'lladi, Eshbo'taev jamoasini yana qutqarib qoldi.

29. Xavfli vaziyat! Fraydey deyarli yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, Eshbo'taev jamoasini ikkinchi goldan qutqarib qoldi

22. Xavfli vaziyat! Xoldorxonov birga bir vaziyatdan foydalana olmadi! 

20. Futbolchilar kuni kecha oilasida qiz farzand tug'ilgan Sanjar Qodirqulovni shu tariqa tabriklashdi

19. UXX! Anvarjonda ikkinchi golli imkoniyat...! Uning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytarib qoldi...

14. GOL! 1:0. Abdusalomovning to'p uzatishidan keyin Hojimirzaev gol urdi - 1:0.

9. ZARBAAAA! Hojimirzaevning zarbasi bu safar darvoza ustuniga tegdi!

6.Samarqandlik muxlislar stadionda «Nasaf», «Nasaf» deya hayqirib, O'zbekiston sharafini Osiyo maydonlarida himoya qilayotgan qo'shni Qashqadaryo jamoasini qo'llab-quvvatlashmoqda!

5.Dastlabki xavfli hujum! Anvarjonning uzatmasidan keyin Pletnyov yo'llagan zarba darvoza to'siniga tegdi!

4. Uchrashuv ikki jamoaning hujumkorligi bilan boshlandi. Raqibning dastlabki zarbasini O'rozov qaytarib qoldi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика