"Real" afsonaviy darvozabon vafot etganini elon qildi
29 sen 2025 12:55
Yangiliklar
"Real" afsonaviy darvozabon vafot etganini elon qildi
Madridning "Real" klubi afsonaviy darvozabon Xose Arakistan hayotdan ko'z yumgani haqida xabar berdi.
"Qirollik klubi" tarixidagi ulug' darvozabonlardan biri 88 yoshida olamdan o'tdi.
Arakistan 1961 yildan 1968 yilgacha "Real" safida to'p tepgan va bir marta Evropa Chempionlari Kubogi, olti marta Ispaniya chempionati va bir marta Ispaniya Kubogini qo'lga kiritgan.

Arakiston "qaymoqranglilar" uchun 97 o'yin o'tkazgan. U 1966 yilda Bryusselda "Real"ni oltinchi evrokubokdagi g'alabasiga olib kelgan darvozabon bo'lgan. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasida olti marta o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, "Real" 30 sentyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida Olmaotaning "Qayrat" jamoasi bilan o'ynaydi. Avvalroq mazkur bahsni boshqarib boradigan hakam malum qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar