So’nggi yangiliklar

02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  0 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  6 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  7 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  4 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6

LaLiga. "Barselona" bir kishi kam bo'lib o'ynagan "Alaves" bilan durang qayd etdi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona" bir kishi kam bo'lib o'ynagan "Alaves" bilan durang qayd etdi

Ispaniya chempionati 8-turidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvida "Alaves" "Barselona"ni qabul qildi.

Deportivo Alaves

Luis Rioja - 31'

LaLiga . 8-tur

01/11/2020, 01:00

1
:
1
Tugadi

Barcelona

Antoine Griezmann - 63'

Stadion: Estadio Mendizorroza, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
15'  Jota
22'  Deyverson
31'  Luis Rioja
41'  Ximo Navarro (Martin Aguirregabiria)
57'  Deyverson (Joselu)
58'  Edgar Mendez (Tomas Tavares)
62'  Jota
72'  Luis Rioja (Manu Garcia)
72'  Tomas Pina (Adrian Marin)
87'  Ruben Duarte
39'  Lionel Messi
44'  Clement Lenglet
44'  Sergio Busquets
46'  Clement Lenglet (Pedri)
46'  Ousmane Dembele (Trincao)
46'  Sergio Busquets (Miralem Pjanic)
63'  Antoine Griezmann
69'  Jordi Alba (Sergino Dest)
78'  Ansu Fati (Martin Braithwaite)


"Alaves" – "Barselona" 1:1

"Mendisorrosa"

Gollar: 1:0 – 31 Rioxa, 1:1 – 63 Grizmann.

"Alaves" – Pacheko, Ximo Navarro (Agirregabiria, 41), Laguardia, Duarte, Lejen, Battalya, Mendes (Tomash Tavaresh, 58), Pina (Marin, 72), Xota, Rioxa (Manu Garsiya, 72), Deyverson (Xoselu, 57).

"Barselona" – Neto, Langle (Pedri, 46), Pike, Alba (Dest, 69), Serdji Roberto, Buskets (Pyanich, 46), de Yong, Dembele (Trinkau, 46), Fati (Breytueyt, 78), Grizmann, Messi.

Ogohlantirish: Xota (15), Deyverson (22), Messi (39), Buskets (44), Langle (44), Duarte (87).

CHetlatish: Xota (62).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. ZARBAAA! Messining zarbasidan so'ng to'p "Alaves" darvozasi ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Pike ham jarima maydonchasi ichida va navbatdagi zarbani u boshi bilan berdi. Bu safar to'pni posbon emas, himoyachi qaytarib qoldi.

88. Messi to'pni markazroqdagi jamoadoshiga uzatdi, u esa zarba berdi. Pachekodan navbatdagi seyv!

87. Duarte o'z jarima maydonchasining o'ng tomonida qoida buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

85. Messi Trinkauning uzatmasidan so'ng to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi, biroq u ofsaydda turgan edi.

78. O'zgarish: Fati o'rniga Bretveyt maydonga tushdi.

77. Serxi Roberto Netoni juda "neto" vaziyatga tushirib qo'ydi, ammo posbon Robertoning noqulay uzatmasiga raqibdan oldin etib borib, to'pni jamoadoshlariga uzatdi.

71. GOL! Trinkau chiroyli ochildi va to'pni o'zidan qulayroq vaziyatdan bo'lgan Grizmannga uzatdi. Antuan esa darvozani ishg'ol qildi... Biroq Trinkauda ofsayd bo'lgan ekan. Gol hisobga olinmadi.

65. Messi! Leo chap oyog'ida raqib darvozasining uzoq burchagini nishonga olishga urindi, biroq Pacheko juda yaxshi o'ynab, to'pni maydondan chiqarib yubordi.

63. GOOOL! Grizmann hisobni tenglashtirdi! Fati raqib himoyachilariga bosim uyushtirdi va to'p kutilmaganda Grizmannga tushdi. Antuan esa to'pni posbon qo'li ustidan tashlab qo'ydi.

62. Qizil kartochka. Xota oyog'ini xavfli darajada ko'targani uchun ikkinchi sariq kartochkasini oldi va "Alaves" endi bir kishi kam bo'lib harakat qiladi.

59. "Alaves" jarima maydonchasiga yorib kirish, uzatmalar soni juda ko'p bo'lmoqda, ammo ulardan natija chiqmayapti.

53. Zaxiradan maydonga tushgan Trinkau va Pyanich "Barselona" hujumlarini yanada keskinlashtirmoqda, ammo mehmon jamoaga so'nggi zarba etishmayapti.

48. Messi jamoadoshidan to'pni qabul qilib, raqib darvozasining yaqin burchagiga zarba berdi. Pacheko to'pni qaytarib qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Messidan zarba, ammo Pacheko to'pni osonlik bilan egallab oldi.

44. Sariq kartochka. Langle raqibning qarshi hujumini to'xtatgani, Buskets esa raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun jazolanishdi.

43. Messining jarima zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegib qaytdi.

42. Yana bir xavfli jarima zarbasi. Busketsga nisbatan qo'pol o'ynaldi. Bu safar to'p deyarli chiziq ustiga o'rnatildi.

41. "Alaves"da majburiy o'zgarish: Navarro o'rniga Agerrabariya maydonga tushdi.

39. Messi to'pni hakamga qarata tepgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

36. De Yong Serxi Robertoning uzatmasini boshi bilan darvozaga burishga urindi, ammo zarba noaniq.

31. GOOOL! NETOning qo'pol xatosi tufayli "Alaves" hisobni ochdi. Luis Rioxa Neto to'pni o'zida ko'p ushlab qolgani va uni nazoratdan yo'qotib qo'ygani tufayli, osongina darvozani ishg'ol qildi.

23. ZARBAAA! Messi to'pni pastlatib darvozaga yo'lladi, ammo chiziq ustida turgan "Alaves" himoyachisi to'pni qaytardi, Grizmann esa qaytgan to'pga zarba bermay, raqiblarni aldashni boshladi va vaziyatni qo'ldan boy berdi.

22. Sariq kartochka. Deyverson o'z jarima maydonchasi oldida Messiga nisbatan qo'pol o'ynadi.

20. Grizmann Fatining ajoyib uzatmasini darvozaga burib qo'ya olmadi.

18. Messi Dembelening uzatmasini qabul qilib, raqib darvozasiga yaqinlasha boshladi. U markazroqqa ko'chganida raqib himoyachilari ko'payib ketdi va to'pni oldirib qo'ydi.

17. "Alaves"da ham hisobni ochish uchun qulay vaziyat paydo bo'ldi, ammo Mendesning zarbasini Neto qaytarib qoldi.

13. Ansu Fati Pacheko bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo uzoq burchakni nishonga olishni o'ylagan 18 yoshli yigitcha noaniq zarba berdi va Ronald Kuman bundan biroz g'azablandi.

7. Messining uzatmasidan keyin Fati darvozabon bilan birga-bir chiqishi mumkin edi, ammo "Alaves" posboni to'pga birinchi bo'lib etib keldi.

2. "Alaves" o'zining ananaviy ko'k-oq, "Barselona" esa pushti rangli libosida harakat qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.


"Alaves" – "Barselona"

01 noyabr, 01.00, "Mendisorrosa"

Alaves – Pacheko, Ximo Navarro, Laguardia, Duarte, Lejen, Battalya, Mendes, Pina, Xota, Rioxa, Deyverson.

Barselona – Neto, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto, Buskets, de Yong, Dembele, Fati, Grizmann, Messi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика