So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  40 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

Kvame Pepprax: "O'zbekiston bizdan ancha yaxshi o'ynadi" Yangiliklar

Kvame Pepprax: "O'zbekiston bizdan ancha yaxshi o'ynadi"

Teglar :  Gana BKvame Pepprax
O'zbekiston - Gana B uchrashuvidan keyin mehmonlar hujumchisi Kvame Pepprax championat.asia sayti muxbiriga intervyu berdi.

- Gana terma jamoasidagi debyutingiz qanday o'tdi?
- Gana terma jamoasida maydonga tushganidan xursandman va kelajakda yana ko'p bahslarda ishtirok etishga umid qilaman. O'zbekiston bilan o'yinda tarkibimizda ko'plab yosh futbolchilar bor edi, bor kuchimiz bilan harakat qildik, ammo mezbonlar bizdan ancha yaxshi o'ynashdi. Ular yaxshi jamoa ekanliklarini bilaman, balki Osiyoning eng kuchlilaridan biridir, shu sabab bizning yosh jamoaga oson bo'lgani yo'q.

- SHaxsan o'zingiz qanday o'ynadingiz?

- Bor kuchim bilan harakat qildim, ammo gol ura olmadim. Men hujumchiman va barcha o'yinlardagi vazifam gol urish. Ammo yuqorida aytganimdek raqibimiz kuchli edi va gol urish oson bo'lmadi.

- O'zbekiston safida eng yaxshi o'yinchi kim bo'ldi?

- Ularning sardorini alohida ko'rsatgan bo'lardim (Anzur Ismoilov - championat.asia). Hujumchi sifatida unga qarshi o'ynadim va oson bo'lgani yo'q. Bundan tashqari 10-raqamdagi futbolchi ham yoqdi (Jaloliddin Masharipov - championat.asia).



- O'zbekistonda necha kun bo'ldingiz. Bu mamlakat yoqdimi?

- Bu erda 5 kun bo'ldik, mamlakat menga yoqdi. Afrikadan farqli, iqlimi ham boshqacha ekan, ammo xalqi mehmondo'stligi menga yoqdi. Bu erda barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Ertaga kechqurun biz uchib ketamiz, ammo kelajakda yana bu mamlakatga qaytib kelishni orzu qilaman.

- Ayni paytda qaysi klubda to'p tepayapsiz?

- Gana Premer-ligasida ishtirok etuvchi «King Feysal» klubida. Bu mavsum 17ta o'yinda 9ta gol urdim, eto shu ruhda davom etishga urinaman. Kelajakda barcha singari katta klubda to'p tepishni istayman.

- Ganada doim yaxshi hujumchilar bo'lgan. Eng sevimli hujumchingiz kim bo'lgan?

- Asamoa Gyan. U terma jamoamiz sardori va etakchisi bo'lgan. U Italiya A seriyasida va Angliya premer ligasida o'ynagan, kelajakda men ham shu ligalardan birida o'ynashni orzu qilaman.

Miron Goyxman suhbatlashdi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика