So’nggi yangiliklar

00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

Oliy liga 5-tur yakunlari: turnir jadvali, to'purarlar poygasi, ramziy jamoa Yangiliklar

Oliy liga 5-tur yakunlari: turnir jadvali, to'purarlar poygasi, ramziy jamoa

Futzal federaciyasi matbuot xizmati raqamlarni taqdim etdi.

Mamlakat milliy chempionati — Oliy liganing beshinchi tur so'ngi kungi bahslaridan so'ng musobaqa jadvalida yuzaga kelgan vaziyat bilan tanishing.



Oliy liga, 5-tur yakunlari: gollar, ochkolar, raqamlar…

5-turda jamoalar 18 ta uchrashuv o'tkazishdi. Mazkur uchrashuvlarda darvozalarga 121 ta gol kiritildi. O'rtacha har bitta uchrashuvda muxlislar 6,72 tadan gol ko'rishdi. Sermahsullik borasida bu tur avvalgilariga qaraganda biroz pastroq bo'ldi. Qiyoslash uchun eng sermahsuli bo'lgan 4-turda ishqibozlar har bitta o'yinda o'rtacha 7,25 tadan gol ko'rishgandi.

5-turda faqat bitta jamoa – SQB yuz foizlik natija bilan tugatdi: uchta o'yin, uchta g'alaba.

Yana uchta jamoa turni mag'lubiyaciz o'tkazdi: “Nasaf”, “Dinamo” va “Lokomotiv” – 2 tadan g'alaba, 1 tadan durang.

 5-turda uchta jamoa – “Maksam-Chirchiq”, “Qizilqum” va “Surxon” bironta ham ochko jamg'ara olishmadi – 3 tadan mag'lubiyat.

Turning eng sermahsul jamoasi – SQB bo'ldi – 20 ta gol. Keyingi pog'onalardagi BMB da 14 ta, “Lokomotiv” da 13 ta gol bor;

Turda eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoalar: “Qizilqum” – 18 ta, “Maksam-Chirchiq” – 15 ta, “Neftchi” – 14 ta gol;

Turda eng kam gol o'tkazgan jamoa BMB bo'ldi – 3 ta. SQB esa o'z darvozasidan 6 tadan to'p olib chiqdi, OKMK va “Oil Star” 8 tadan to'p  o'tkazib yuborishdi;

Eng kam gol urgan jamoa – “Maksam-Chiqchiq” bo'ldi – 3 ta gol;

Eng yirik hisoblar “Qizilqum” – SQB – 2:9, BMB – “Maksam-Chirchiq” – 8:0, “Neftchi” – SQB – 1:7 uchrashuvlarida qayd etildi;

Eng sermahsul o'yinlar: “Qizilqum” – SQB – 2:9, “Surxon” – “Nasaf” – 4:6, “Lokomotiv” – “Bunyodkor” – 5:5;

Eng kam gol urilgan o'yinlar: “Oil Star” – BMB – 2:1, “Maksam-Chirchiq” – “Lokomotiv” – 0:3, “Surxon” – “Dinamo” – 0:3;


To'purarlar poygasida Elbek To'lqinov hamon peshqadam

Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga bahslarining to'purarlar poygasida ham raqobat jiddiy kechmoqda. 

Birinchi davra to'purari –  “Oil Star” hujumchisi Elbek To'lqinov ikkinchi davraning ilk turidan keyin ham etakchilik mavqeini saqlab qoldi – 20 ta gol. Uning eng yaqin taqibchisi – “BMB PFC” hujumchisi Muzaffar Axadjonov peshqadamdan uchta golga ortda qolmoqda. 

Jizzaxliklarning yana bir “taran” hujumchisi Oliveira de Jesus Souza Hebbert – Bolt hisobada 14 ta gol bor va u uchinchi pog'onadan joy olgan. 

Keying o'rinlarda 11 tadan gol urgan Ixtiyor Ropiev ("Nasaf"), Xusanxon G'aniev (“Bunyodkor”) va Joze Grecorio Paxaro Simankas (SQB) lar borishmoqda.


5-turning ramziy terma jamoasi

O'zbekiston futzal federaciyasi matbuot xizmati Qarshi shahrida bo'lib o'tgan turni atroflicha yoritgan ommaviy axborot vositalari vakillari, “Geolog” sport majmuasida tur uchrashuvlarini bevosita kuzatib borgan futzal faxriylari hamda mutaxassislari fikrini umumlashtirib, 5-tur Ramziy terma jamoasini tuzdi.

5-tur Ramziy terma jamoasi quyidagi ko'rinishni oldi:

Ravshan Eliboev (SQB) 

Doniyor Amanbaev (“Nasaf”) 

Xusanxon G'aniev (“Bunyodkor”) 

Alex Dias da Silva (BMB) 

Burxoniddin Sodiqov (“Lokomotiv”)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика