So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  4 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  3 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  2 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  4 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  3 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  74 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  2 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  1 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  37 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5 Yangiliklar

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5

Evropa milliy chempionatilaridagi etiborga molik sensacion natijalar bilan tanishtirib o'tamiz.

O'tgan haftada Evropa milliy chempionatlarida bir qator kutilmagan natijalar ruy berdi.

Biz ushbu sensacion o'yinlar ichidan kutilmagan Top-5 natijalarni tanlab olamiz.

Demak boshladik.


5-o'rin.

APL, 4-tur. Turnir jadvali

CHelsi – Kristal Pelas 1:2 (0:0, 1:2)

Stemford Bridj

Gollar
: 0:1 – 65 Sako, 1:1 – 79 Falkao, 1:2 – 81 Uord.

CHelsi
– Kurtua, Zuma, Aspilikueta (Kenedi, 68), Ivanovich, Keyxill, Fabregas, Matich (Loftus-CHik, 73), Villian (Falkao, 66), Pedro, Azar, Diego Kosta.

Kristal Pelas – Makkarti, Denn, Suare, Uord, Dileyni, Kabay (Ledli, 82), Makartur, Panchon, Zaa (Bolazi, 55), Sako (Li CHun Yun, 84), Uikxem.

Ogohlantirishlar
: Keyxill (71), Kabay (73).


Bu o'yinda Joze Mourino shogirdlari g'alabani tantana qilishlarini juda ko'pchilik kutgani aniq. Lekin "CHelsi" bundan avvalgi turdagi muvaffaqiyatini takrorlay olmadi. Londonliklar uchun mavsum u qadar omadli boshlanmagandi. Ammo Pedroning transferidan so'ng ispaniyalik futbolchining debyuti shu qadar muvaffaqiyatli chiqqandiki, ko'pchilik endi "CHelsi" o'ziga kelib oldi deya ishonayotgandi. Ko'pchilikning fikriga shu kuni "Kristal Pelas" futbolchilari qo'shilishni istashmadi.

Falkao APLda shundoq ham ko'p gol urayotgani yo'q. Ustiga-ustak u endi gol urganida jamoasi g'alabasiga shu ham etmay qolyapti. O'tgan mavsum gol urgan o'yinlarida MYU g'alaba nashidasini surmagan edi. Bu yil mana "CHelsi"ga ham uning goli yordam bera olmadi. Falkao gol urayotgan uchrashuvlarda sensaciyalar kuzatilmoqda.

Sakoning goli barcha masalaga nuqta qo'ydi. Aynan shu goldan so'ng "CHelsi" turnir jadvalida pastladi, yani 13-o'ringa tushib ketdi. "Kristal Pelas" esa aksincha, "CHelsi" odatda yuradigan hududda joylashib oldi. Hozircha ular peshqadam "Manchester Siti"dan 3 ochko kam to'plashgan.



Tibo Kurtua yonboshlab yotishni bas qilib, darvozani qo'riqlashni boshlamasa "aristokratlar"ning ishlari chatoq. Tur o'rningdan Tibo, turaqol Kurtua!


4-o'rin.

Italiya chempionati, 2-tur. Turnir jadvali

Roma – Yuventus 2:1

Stadio Olimpiko

Gollar
: 1:0 – 61 Pyanich, 2:0 – 79 Djeko, 2:1 – 87 Dibala.

Roma
– SHchensni, Florenci, Manolas, Din, Nainggolan, de Rossi, Salax (Iturbe, 77), Pyanich, Falke Silva (Lyayich, 89), Keyta, Djeko.

Yuventus
– Buffon, Bonuchchi, Kellini, Evra, Kaseres, Pogba, Sturaro, Padoin (Kuadrado, 75), Lixtshtayner (Pereyra, 72), Dibala, Mandjukich (Morata, 62).

Ogohlantirishlar
: Pogba (22), Kellini (37), Pyanich (58), de Rossi (64), Evra (75), Djeko (77).

CHetlatishlar
: Rubino (66), Evra (78).


Italiyaning amaldagi chempioni "Yuventus" uchun ham bu yilgi mavsum avvalgi to'rtta mavsumga nisbatan ancha omadsiz boshlandi. Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoa ikkinchi o'yindirki ketma-ket ochko ola bilmayapti. Bu bahs Italiyada turning markaziy o'yini maqomida edi. "Roma"ning o'z maydonida erishgan g'alabasi sensaciya deya hisoblanmas. Lekin "Yuventus"ning so'nggi mavsumlardagi natijalari va klubning mavqeini inobatga oladigan bo'lsak, turinliklarning ushbu muvaffaqiyatsizligi sensaciya darajasida qabul qilindi. Klub hali 87 yildan buyon chempionat startini ketma-ket mag'lubiyatlar bilan qarshi olmagan edi.

"Yuventus" ikkinchi turda ham Rimda yomon "yiqildi". Pyanich va Jekoning "zarbasi"ga Dibala prestij uchun javob qaytardi. Allegri boshqaruvidagi "Yuve" "Roma" bilan kechgan bahsdan so'ng 17-o'ringa qulab ketishdi.


3-o'rin.

Rossiya chempionati, 7-tur. Turnir jadvali

Zenit – Krilya Sovetov 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar
: 0:1 – 17 Gabulov, 1:1 – 49, avtogol Nadson, 1:2 – 52 Kornilenko, 1:3 – 56 Kornilenko.
Zenit – Lodigin, Garay, Krishito, Smolnikov (Anyukov, 75), Netu, Garsiya, Vitcel (Danni, 61), Yusupov (Ryazancev, 46), SHatov, Xalk, Dzyuba.
Krilya Sovetov –   Konyuxov, Callagov, Burlak, Nadson, Taranov, Dragun (Gorbatenko, 90), Gabulov (Simays, 88), Mollo (Bato, 83), Pomerko, Koncedalov, Kornilenko.
Ogohlantirishlar: Taranov (27), Pomerko (37), Krishito (67), Konyuxov (70).

Rossiya chempionati peshqadamlaridan biri "Zenit" o'z maydonida o'tgan turda yomon "qoqildi". "Krilya Sovetov" piterliklardan safarda uch ochko olib qaytdi. Kornilenkoning "benefisi" "Zenit"ga qimmatga tushdi.

Jajji qizalog', "Zenit"ning muxlisasining kayfiyati o'yin qanday natija bilan tuganini bildirib turibdi. Ushbu sensacion natija ushbu jajjigina qizaloqqa yoqmagani, kayfiyatini buzib qo'ygani aniq.


2-o'rin.

Rossiya chempionati, 7-tur. Turnir jadvali

Spartak – Anji 1:2 (0:1, 1:1)

Otkrytie Arena

Gollar
: 0:1 – 27 Ebesilio, 1:1 – 53, penalti Kombarov, 1:2 – 85 Jirov.

Spartak
– Rebrov, Kombarov, Bokketti, Tashchi, Kombarov, Glushakov, SHirokov, Promes, Popov (Romulo, 88), Movsisyan (Ananidze, 72), Ze Luish.

Anji
– Pesyakov, Lazich, Tigiev, Gadjibekov, Eshhenko, Lukman (Maevskiy, 46), Leonardo, Mkrtchyan, Jirov, Almeyda, Ebesilio (Mutari, 64; Agalarov, 90).

Ogohlantirishlar
: Almeyda (16), Ebesilio (28), Popov (29), Mkrtchyan (68), Jirov (71), Pesyakov (90).


Yana bir kutilmagan natija Rossiya chempionati uchradi. "Zenit"ni ketidan "Spartak" ham omadsizlikka uchradi. "Anji" kutilmaganda "Spartak"dan uch ochko olib qaytdi. Stadionga ming-minglab ishqibozlar qatori ushbu go'zal qiz ham o'yindan oldin yaxshi kayfiyatda edi. Biro shu kuni "Spartak" futbolchilarining kayfiyati joyida bo'lmagan shekilli...

"Anji" futbolchilari chempionatdagi dastlabki g'alabani sensaciya ko'tarib qo'lga kiritishdi. Demak g'alabaning tami ikki hissa kuchli va shirin bo'lgan.


1-o'rin.

APL, 4-tur. Turnir jadvali

Liverpul – Vest Xem 0:3 (0:2, 0:1)

Enfild

Gollar
: 0:1 – 3 Lansini, 0:2 – 29 Nobl, 0:3 – 90 Sako.

Liverpul
– Minole, SHkrtel, Gomes (Ayb, 78), Klayn, Lovren, Milner, Leyva, Koutino, Djan (Moreno, 46), Firmino (Ingz, 61), Benteke.

Vest Xem
– Rendolf, Rid, Kressuell, Tomkins, Ogbonna, Nobl, Obiang, Lansini (Oksford, 82), Kuyate, Paye (Djarvis, 88), Sako (Kallen, 90).

Ogohlantirishlar
: Nobl (38), Koutino (45), Leyva (70), Lansini (81), Ingz (86), Klayn (90).

CHetlatishlar
: Koutino (52), Nobl (78).

"Enfild"da o'tgn haftaning eng sensacion natijasi qayd etildi. "Liverpul" jamoasi o'z maydonida "Vest Xem"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Hammasini yil boshida "Bunyodkor"ga qarshi o'ynab ketgan Lanzini boshlab berdi. "Al Jazira"dan "Vest Xem"ga o'tgan argentinalik Lanzini uchrashuv debtidayoq "Liverpul"ni ranjitdi. SHundan so'ng "Vest Xem" yana ikki marotaba Minole qo'riqlagan darvozani "o'qqa" tutdi va mersisaydliklarning ko'p qismini "karaxt" ahvolga solib qo'ydi.

"LIVERPUL" - "VEST XEM" 0:3!


O'yin davomida Brendan Rodjers "bloknot"ga o'yin jarayonidagi o'zi uchun kerakli narsalarni yozib bordi. Ushbu sensacion natijalar yana takrorlansa, unda balki Rodjers "bloknot"ga yozishga emas, ariza yozishga ruchka qidirib qolishi mumkin...

Aslida sensacion natijalarni ko'pchilik kutmaydi. "Vest Xem" ishqibozlari esa o'sha kungi bahsda aynan sensacion natijani juda istashgan va o'z niyatlariga etishgan payt. Quvonchlarga to'la rasm.


Futbol esa o'zining kutilmagan natijalari bilan yanada jozibali va qiziqarli.


SHahboz Beg'amov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика