So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Sirojiddin Qo'ziev: "Neftchi"dagi faoliyatim yaxshi o'tdi" Yangiliklar

Sirojiddin Qo'ziev: "Neftchi"dagi faoliyatim yaxshi o'tdi"

2022 yilgi mavsumni "Neftchi" klubida o'tkazgan yarim himoyachi Sirojiddin Qo'ziev legionerga aylandi.

Futbolchi Malayziya Superligasi ishtirokchisi "Kuching Siti" bilan shartnoma imzoladi. SHundan keyin u saytimiz uchun fikrlarini bildirdi. 

- Sirojiddin, "Kuching Siti" varianti qay tariqa yuzaga keldi?

- Bu klubning yuzaga kelishida "Mashal" klubi bosh direktori Ilhom aka Qurbonovning hissalari katta bo'ldi. Aynan u inson "Mashal"da ishlagan agentga meni tavsiya qilgan. Keyinchalik o'sha agent "Kuching" variantini topdi. SHu o'rinda Ilhom akaga minnatdorchilik bildiraman. 

- Bu qarorga birdaniga keldingizmi?

- Yo'q, albatta. Taklif borasida o'ylab ko'rdim. Otam bilan maslahatlashdim. Keyin "Neftchi" safida ikkinchi davrada kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. SHu jihatlari ham "Kuching Siti" taklifini qabul qilishimga asosiy turtki bo'ldi. 

- 2022 yilgi mavsum "Neftchi"da o'tkazgan faoliyatingiz sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Yaxshi bo'ldi. Yomon o'tdi deya olmayman, chunki futbolchi sifatida o'sishga erishdim. Jamoa muxlislari meni hurmat qilishdi, qo'llab-quvvatlashdi. "Neftchi"da o'tkazgan o'yinlarim sabab hozirda legionerga aylandim. Kamchiliklar ham bo'ldi, lekin ularni bartaraf etishga urinaman. Bir so'z bilan aytganda, "Neftchi"dagi faoliyatimdan qoniqish hosil qildim. Yangi mavsumda farg'onaliklarga omad tilayman. 

- "Kuching Siti"ni tanlashingizga “Neftchi” ustozining munosabati qanday bo'ldi?

- To'g'risi, bosh murabbiy qarorimni qo'llab-quvvatladi. Xorijdan taklif bo'lgani uchun ham o'zimni ko'rsatishim kerakligini takidladi. Buning uchun bosh murabbiyga minnatdorchilik bildiraman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика