So’nggi yangiliklar

22:10"Ренн" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 21:27"Барселона" "Челси”дан тарбияланувчисини қайтармоқчи  5 20:58"Ал Ҳилол" Франция терма жамоаси ҳимоячисига даъвогар  0 20:34БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Ал Дафра" билан дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 20:15"Ливерпуль" "Милан" ҳужум чизиғи етакчисига қизиқмоқда  1 19:49Расман: "Металлург" Ғофуров, Шоаҳмедов ва Саиднуруллаевни таркибга қўшиб олди  0 19:25Манба: Тудор — "Тоттенхэм" янги бош мураббийи  7 19:03САфарда "Навбаҳор" – "Актобе" учрашувида. Нани нега майдонга тушмади?   2 18:41Норчаев Италияга жўнаб кетди  5 18:20"Эвертон" Грилишни "Манчестер Сити"дан сотиб олмоқчи  1 17:56Абдурауф Бўриев: "Ўртоқлик учрашувида ҳам майдонга ғалаба учун чиқиш керак"  2 17:32Кэррик — АПЛда январь ойининг энг яхши мураббийи  10 17:15"Брентфорд" форварди АПЛда январь ойининг энг яхши футболчиси деб топилди  2 17:01Эшитдик-да! "Ғазалкент" Лазизбек Мирзаевни 70 минг еврога сотиб олди ва ижарага берди   16 16:43Достон Ҳамдамов: "Суперлиганинг янги мавсуми осон ўтади"  8

Kurtua sharmanda, to'xtatib bo'lmas Messi yohud "Barselona" - "CHelsi" uchrashuvi haqida Yangiliklar

Kurtua sharmanda, to'xtatib bo'lmas Messi yohud "Barselona" - "CHelsi" uchrashuvi haqida

Kecha tunda "CHelsi" ECHL 1/8 finali doirasida "Barselona"ga mag'lub bo'ldi.

Kurtua sharmanda bo'ldi, "CHelsi" Messiga yutqazdi

Kecha tunda "CHelsi" ECHL 1/8 finali doirasida "Barselona"ga mag'lub bo'ldi. 

O'YINNI YANA MESSI HAL QILDI

Agarda bunday sarlavha bilan yozilgan maqola qarshi tomonga yoqmasa, bu albatta tanqid qilinadi va maqolani kerakmasga chiqarib yuborishadi. Zamonaviy "Barselona"ning so'nggi o'yinlarini kuzatadigan bo'lsak, bunda jamoa g'alaba qozonmoqda va asosiy ishni Leo Messi hal qilmoqda. Nima qilish kerak? U yana o'zining super darajadagi o'yinlarini namoyish etmoqda.

Argentinalik futbolchi "ko'klar"ga qarshi o'yinlardagi golsiz seriyasini shunday tarzda yakunladi: ikkita oyoqlar orasidan urilgan gollar - raqibni "tahqirlashdir". "Roma"ga qarshi o'yin kabi Messi raqibning xatosini kechirmadi, barcha himoyachilar va darvozabonning ustidan kulgandek bo'ldi. Leo barchadan o'tishni istadi va ayrimlar uning lanatiga uchradi: o'tgan mavsumda Petr CHex, bu yili esa - Kurtua.

Leo Messining xatti-harakatlari evaziga "Barselona" tezkor gol kiritdi va ilk ikki xavfli vaziyatdan foydalandi, Tibo Kurtua esa golning urilishiga katta hissa qo'shdi. Messi o'yinni shunday boshladiki, xuddi jamoasi birinchi o'yinda 0:4 hisobda yutqazgandek edi. U jamoasini qutqarishni va ko'proq gollar urishni istayotgandek ko'rindi. Birinchi o'yinda qolgan intriga javob bahsinnig 20-daqiqasigacha o'lib bo'ldi.

VALVERDE ENRIKENING XATOSINI TO'G'RILADI

Agarda o'yinni etibor bilan ko'radigan bo'lsak, o'yinda faqatgina argentinalikning yakkaxon bo'lmaganligining ham guvohi bo'lamiz. U bilan birga Ernesto Valverde ham o'zini ko'rsatdi. Javob o'yini tugaganidan keyin murabbiy klubning asosiy vazifasi bajarilganini, Stiven Xoking kabi barcha teshik-u darchalar yaxshilab o'rganilganini, faqatgina bu kosmosda emas, "Barselona" sxemasida bo'lganini takidladi.

Birinchidan, "CHelsi" chiziqlar orasidagi holatni o'nglay olmadi. Kataloniyaliklar tezda xotirjam va jamoaviy o'ynashni boshladi. Ular Villian va Azarni "qurolsizlantirshdi" va o'yinga to'g'ri baho berishdi. Ikkinchidan, basklar himoyani yaxshi ushlashdi. O'yin davomida "Barselona"ning orqa chiziq vakillari 14 marta raqibning hujumlarini qaytarishgan.

O'tgan mavsumda ECHLning 1/4 finalida va La Ligada shunday muammolar kataloniyaliklarni taqib qilgandi. Luis Enrike jamoasiga raqiblar himoyasi deyarli o'yin bermagandi. Bu mavsumda kataloniyaliklarning asosiy yutug'i - mustahkam himoyadir. Valverde jamoasi bu mavsumda "Real", "Yuventus", "CHelsi"ga qarshi o'yinda juda yaxshi o'yin namoyish qildi va biz haqiqiy "Barselona"ni ko'rdik.

"CHELSI" YANA MUNOSIB O'YIN KO'RSATDI

"Stemford Brij"da Antonio Kontening tizimi bir marta xato qildi va bunda "Barselona" gol urishga erishdi. "Kamp Nou"da esa jamoa uch marta xatoga yo'l qo'ydi va barchasi natijaga tasir ko'rsatdi. "Barsa" raqibning xatolariga munosib javob berdi, "CHelsi"ning himoyachilari pressingacha etib borishga ham ulgurishmadi.

"CHelsi" javob uchrashuvida vaziyatni o'ziga o'nglay olmasligi aniq edi. Birinchidan, klubda italyancha futboli g'oyasi borligi ufurib turibdi. Jamoa asosan ikki qanotni ishlatmoqda. Xilma-xillik yo'q. Biroq ularning yarim himoyasi Serxi Roberto va Usmon Dembele kabi ishlamaydi. Ikkinchidan, "CHelsi" ko'proq mayda paslar bilan o'ynashni xohladi, bu esa hujumga tezroq o'tishga qarshilik ko'rsatdi. Jamoadagi 5-6 nafar futbolchi Messining bajargan ishining yarmini ham qila olishmadi.

Yakunda londonliklar mag'lub bo'lishdi. O'yindan keyin muxlislar kim aslida qanday jamoa ekanligini bilib olishdi. Messining ikki goli esa hali beri tildan tushmaydi.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика