Kualyarella A Seriya rekordchisiga aylandi
12 jan 2020 23:57
Yangiliklar
Kualyarella A Seriya rekordchisiga aylandi
"Sampdoriya" hujumchisi Fabio Kualyarella "Breshiya"ga (5:1) qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi.
Bu gollar 36 yoshli forvardning 2020 yildagi ilk gollariga aylandi. SHu tariqa Kualyarella Italiya chempionatida ketma-ket 16 yil raqiblar darvozasiga yo'l topishni uddaladi. U 2005 yildan beri surunkasiga har kalendar yilida gol urib kelmoqda. Bu musobaqa tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Kualyarella Italiya chempionatining joriy mavsumida 16 uchrashuvda maydonga tushib, umumiy hisobda 5 ta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar