So’nggi yangiliklar

00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  2 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  0 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  0 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  14 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  21 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  235 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  7 20:54Ровшан Мередов: "Ушбу мусобақа орқали мундиаль иштирокчисига қарши ўйнадик"  5 20:23Саудия Арабистонининг икки клуби МЮ ҳимоячисига қизиқмоқда  1 19:46"Реал" собиқ ходими "Ньюкасл" бош директори бўлди  0 19:19Фарруҳ Сайфиев дисквалификация қилинди  16 18:55CAFA Nations Cup. Ўмон сўнгги дақиқадаги гол эвазига Туркманистонни таслим этди ва вақтинчалик гуруҳ етакчисига айланди  53

Ko'zguda bundesliga 2013-2014 yoxud navbatdagi turda chempion nomi aniq bo'ladimi? Yangiliklar

Ko'zguda bundesliga 2013-2014 yoxud navbatdagi turda chempion nomi aniq bo'ladimi?

Rekordlar, Rekordlar va yana Rekordlar!
Gap qaysi jamoa haqida ketayotganini allaqachon sezgan bo'lsangiz kerak. Ha, biz yana o'sha "Bavariya" xususida so'z yuritmoqchimiz. Yodingizda bo'lsa bundesliga tur prevyularidan birida ushbu jamoaning martdayoq chempionlik shoxsupasiga ko'tarilishi mumkin ekani haqida malumot bergan edik. Bugun esa "Gollivud FK"ning qachon va qanday qilib navbatdagi chempionlikka erishishi mumkin ekani bilan siz – aziz bundesliga muxlislarini yanada yaqinroq tanishtirmoqchimiz.

Mana 4500 daqiqa ham o'tibdiki, myunxenliklar mag'lubiyatga uchramayaptilar. Jamoa deyarli har bir turda zafar quchmoqda va galdagi chempionlik uchun dadil qadam tashlamoqda. Qiziq jihati shundaki, Myunxen super-klubi navbatdagi turdayoq 2013-2014 mavsumdagi Germaniya chempioni degan nomga sazovor bo'lishi mumkin. Buning uchun esa…



Bu voqea qanday amalga oshishi bilan quyida batafsilroq tanishtirib o'tamiz:
"Bavariya" 26-turdayoq chempion bo'ladi. Agar…
• Myuxenliklar "Maync"ni mag'lub etishsa va ikkinchi hamda uchinchi pog'onalarda kelayotgan "Borussiya" Dortmund va "SHalke 04" jamoalari mag'lubiyatga uchrashsa. CHunki 25-turdan keyin "Bavariya" hisobida 71 ochko mavjud. Ikkinchi o'rinda kelayotgan "sariq-qoralar" esa 48 ochko jamg'arishgan. "SHalke 04" hisobida 47 ochko bor. Demak, birinchi va ikkinchi pog'onalarda borayotgan jamoalar orasidagi farq 23 ochkoni tashkil qilmoqda. Bundesligada 34 ta tur uchrashuvlari o'tkazilishini inobatga olsak, 26-turdan so'ng 8 ta tur qoladi, xolos. Agar taxminimiz to'g'ri chiqib, navbatdagi turda faqat "Bavariya" zafar quchadigan bo'lsa, "Borussiya D" bilan o'rtadagi farq 26 tani tashkil etadi. Qolgan 8 ta turning hammasida g'olib chiqsa ham "Borussiya" "Gollivud FK"ga eta olmaydi.

"Bavariya" 26-turda chempionlikni deyarli naqd qilib qo'yadi, agar…



• Pep Gvardiola shogirdlari mazkur turda g'alaba qozonishsa, "Borussiya" Dortmund mag'lub bo'lsa va "SHalke 04" g'alaba qozonsa. Nega?! CHunki "SHalke 04" Braunshavgda zafar quchsa, "Bavariya" bilan o'rtadagi farq 24 ochkoga etadi. Oldinda turgan 8 ta turda "ko'klar" jamoasi 24 ochko jamg'arib Myunxen jamoasiga etib olishi mumkin, ammo bunday to'plar farqi bilan ushbu vazifani uddalab bo'larmikan… Boisi "Bavariya" 25-turdan keyin +62 to'plar nisbatini qayd etmoqda. Raqibda esa bor-yo'g'i +12!

"Bavariya" 27-turda chempionlikni qo'lga kiritadi. Agar…
• "Bavariya", "Borussiya D" va "SHalke 04" triosi 26-turda g'alaba qozonishsa hamda "Bavariya" 27-turda ham zafar quchsa. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, dortmundliklarnig ham, gelzenkirxenliklarning ham g'alabalarining umuman ahamiyati bo'lmaydi. Boisi "Bavariya" 27 turda ham g'alaba qozonsa,taqibchilar bilan farq 23 taligicha qoladi. O'zingiz tushunib turganingizdek, 7 ta turning hammasida zafar quchib ham 23 ochkolik farqni yo'qqa chiqrib bo'lmaydi.



"Bavariya"ning kelayotgan turda "Maync"ni hech qanday qiyinchiliksiz mag'lub etishiga menimcha hamma ishonadi. Demak, millionlab muxlislarning eng sevimli jamosiga aylanib ulgurgan "Bavariya" katta extimol bilan bir haftadan so'ng navbatdagi chempionlik shoxsupasiga ko'tariladi.

Ha aytgancha, "Bavariya" bu safar 23-marta bundesliga chempionlik laganini ko'taradi. Agar...!

Agar siz- u biz mazkur jamoaning g'alabasiga ishonsak, aziz muxlislar!

Zoxirjon Akramxonov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика