So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  1 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  0 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  0 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  1 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  1 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0 00:30Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Бу мен учун кутилмаган ҳолат бўлди"  6 00:13АПЛ. "Вулверхэмптон" – "Манчестер Юнайтед". Асосий таркиблар маълум!  8 23:37"Ливерпуль" Салоҳнинг "Интер" билан ўйин таркибидан четлатилишини жазо деб баҳоламаяпти, бошқа интизомий чоралар ҳам кўрилмайди  3 23:00"Ливерпуль" Салоҳ билан боғлиқ вазиятни ўнглаш мумкин деб ҳисобламоқда  4 22:37ЖЧ-2026 ўйинларида об-ҳаводан қатъи назар, ҳар бир таймда уч дақиқалик сув ичиш учун танаффуслар бўлади  3 22:13Флик "Реал" ва "Сельта" ўйинини томоша қилмади: "Мен ухлаётгандим. "Барса" бор эътиборини ўзига қаратган ва "Мадрид" ҳақида гапиришни истамайди"  3 21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  6 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  1 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  2

Kovach o'rniga kouch. "Bavariya"da Niko o'rnini egallashi mumkin bo'lgan 5 nomzod Yangiliklar

Kovach o'rniga kouch. "Bavariya"da Niko o'rnini egallashi mumkin bo'lgan 5 nomzod

Hozircha nemis grandini Xans-Diter Filk boshqarmoqda.

Ammo bu vaqtincha va tez orada nomdor mutaxassis jamoa "ruli"ga keladi.


"Bavariya" Niko Kovach bilan rasman xayrlashdi. "Ayntraxt"dan qabul qilib olingan 1:5 hisobidagi mag'lubiyat - kechirib bo'lmas xato. Ammo 48 yoshli xorvatiyalik o'rnini kim egallashi mumkin? "Bavariya"ning talablari katta va hamma ham bu joyga munosib emas.


Hozir jamoani vaqtincha Xans-Diter Flik boshqarmoqda, rahbariyat esa navbatdagi murabbiy haqida bosh qotirmoqda. Biz ham o'ylab ko'ramiz.


5. Xulen Lopetegi

2018 yil "Real"dan ketgan Xulen Lopetegi vaqtini bekor o'tkazmadi va "Sevilya" ustoziga aylandi. Hozir uning shogirdlari LaLiga jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi, ammo etakchilar ham uzoqda emas.

Lopetegi futbolchilari 12ta uchrashuvning bor-yo'g'i 3tasida mag'lub bo'ldi. Uning nomzodi o'tgan yili ko'rib chiqilgandi, ammo nemislar xorvatga ishonch bildirishdi.


Xulen Lopetegi - nemis grandiga mos murabbiy. Bitta savol bor: Murabbiy bunday masuliyatga tayyormi?


4. Erik ten Xag

Erik ten Xag "Bavariya" bilan yaxshi tanish - u bir paytlar nemis grandi yoshlarini boshqargan. 2017 yildan beri "Ayaks"da ishlayotgan mutaxassis 2019 yilda "Villem II"ni mag'lub etib, Gollandiya Kubogini qo'lga kiritdi. Bu uning klubdagi dastlabki sovriniga aylandi. O'n kun o'tib amsterdamliklar chempionat g'olibiga aylanishdi.

Gollandiyalik mutaxassis "Alyanc-Arena"ga ehtimoliy qaytish imkoniyatiga "bormayman" degani yo'q, ammo "Ayaks" mavsum o'rtasida o'z ustozini qo'yib yuborarmikan?


3. Maurisio Pochettino

"The Guardian" nashrining yozishicha, Kovach o'rniga asosiy nomzod Pochettino ekan. Yozda "shporlar" o'z ustozini hech kimga bermaydigandek tuyilgandi, biroq hozir londonliklarning turnir jadvalidagi o'rniga etibor bersangiz, Maurisio ketishiga ishona boshlaysiz.

"Tottenxem"ning ishlari yaxshi emas, ular CHempionlar ligasida aynan "Bavariya"dan yirik (2:7) hisobda mag'lubiyatni qabul qilib olishdi. Argentinalik mutaxassis London klubida qo'lidan kelganini qilib bo'ldi. Balki o'zgarishlar unga yordam berar?



2. Massimiliano Allegri

"Yuventus"ni tark etgan Allegri hali ham ishsiz. Unga ko'pchilik davogarlik qildi, ammo aynan hozir "Bavariya" favoritdek ko'rinmoqda. Biz besh karra Italiya chempioni va CHempionlar ligasi finalchisi haqida gapiryapmiz. Allegri oldiga katta maqsadlarni qo'ygan yirik klubni qanday boshqarishni yaxshi biladi.

Boshqalardan farqli o'laroq, italiyalikning saviyasiga shubha bilan qaralmaydi. Biroq bazi kamchiliklar mavjud. U nemis tilini bilmaydi va Bundesligani tushunmaydi. Bu muhim emasdek ko'rinishi mumkin, ammo Uli Xyoness va Karl-Xaync Rummeniggelar nemis tilini biladigan mutaxassis kerakligi haqida gapirishdi.


1. Joze Mourinyu

Dunyoning mashhur va ko'p sovrin yutgan murabbiylaridan biri - Joze Mourinyu bir yildan beri ishsiz. Bu vaqt ichida uni turli klublarga yuborishdi: Masalan, "Arsenal"ga. Ammo MYU sobiq ustozi yangi jamoa borasida shoshilmoqchi emas.

Portugaliyalik aktivida Ispaniya, Angliya, Italiya va Portugaliya oltin medallari bor. Mourinyu nemis tilini o'rganmoqda. Taxminlarga ko'ra, Joze o'z rezyumesiga yana bir top chempionatdagi oltin medalni qo'shib qo'ymoqchi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика