Koronavirus aniqlangan “Sampdoriya” 7 futbolchisining holati bo'yicha malumot berildi
14 apr 2020 19:20
Yangiliklar
Koronavirus aniqlangan “Sampdoriya” 7 futbolchisining holati bo'yicha malumot berildi
“Sampdoriya” ustozi Klaudio Raneri COVID-19 infekciyasini yuqtirgan shogirdlarining sog'lig'i haqida gapirdi.
Genuyaliklar safida Manolo Gabbyadini, Olbin Ekdal, Antonino la Gumina, Morten Torsbi, Fabio Depaoli, Bartosh Bereshinski va Edgar Barreto kasallangan edi.
“Futbolchilarimiz orasida koronavirus aniqlanganini eshitish juda achinarli edi, ammo barchasi ortda qoldi. Endi ularning barchasi sog'-salomat.
Ular kerakli testlarni topshirishdi. Ular bilan doimo muloqot qilish imkoniga ega bo'lganimiz esa juda yaxshi bo'ldi”, deydi Raneri.
Fikrlar