Superliga. "Dinamo" Samarqandda OKMKni mag'lub etib, 3-o'ringa ko'tarildi
16 avg 20:57
Yangiliklar


Superliga. "Dinamo" Samarqandda OKMKni mag'lub etib, 3-o'ringa ko'tarildi
Superliga
19-tur
"Dinamo" – OKMK 1:0
Samarqand. "Dinamo" stadioni. 19:00
Gol: Anvar Hojimirzaev (Mahmud Mahamadjonov) 47'
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Akmal Giyasov
Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Dildora Rustamova
Komissar: Mamur Sultonov
"Dinamo": 27.Edem Nemanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov (16.Richard Fraydey, 70), 10.Anvar Hojimirzaev (9.Mirjahon Mirahmadov, 85), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (88.Marko Stanoevich, 64), 25.Oybek O'rmonjonov (23.Behruzbek Oblaqulov, 70), 55.Dmitriy Pletnyov, 77.Mahmud Mahamadjonov.
Zaxira: 13.Ravshan Yagudin, 4.Akbar Abdirasulov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 22.Ulug'bek Abdullaev.
OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 2.Akram Komilov (16.Naoki Senaga, 63), 4.Mirjamol Qosimov (99.Asadbek Sobirjonov, 63), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev (13.Eldor Begimov, 83), 10.Xurshid G'iyosov, 11.Ruben Sanches, 18.Ibrohim Yo'ldoshev (77.Nodir Abdurazzoqov, 52), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.Ajak Riak (8.Aziz Xolmurodov, 52).
Zaxira: 88.Hamidullo Abdunabiev, 17.Sardor Mirzaev, 19.Ahmadullo Muqimjonov, 30.Abror Sarimsoqov.
Ogohlantirish: Mirjamol Qosimov (57).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+4. Uuux! Sobirjonovning kuchli zarbasiga sal aniqlik etishmadi.
90+3. Mahmud Mahamadjonovning to'p yo'qotishidan so'ng Xolmurodov ichkariga pas uzatishga urindi, ammo O'rozov bunga qarshilik qildi.
90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shildi.
88. Uuux! Oblaqulov bir himoyachini ortda qoldirib, yaxshi poziciyaga chiqib bordi va sherigi Fraydeyga pas bermasdan, to'pni himoyachiga qarata tepdi.
87. Sobirjonov to'p uchun kurash chog'ida O'rozovga nisbatan qoidani buzdi.
85. "Dinamo"da o'zgarish: Hojimirzaev o'z o'rnini Mirahmadovga bo'shatib berdi.
83. OKMKda almashtirish: Ahmadaliev o'rniga Begimov maydonga tushdi.
80. "Dinamo" muxlislari – "Oq armiya" jamoadan yana bitta gol so'ramoqda.
76. Abdurazzoqov jarima maydonchasi ichida Mahamadjonov bilan turtildi. "Dinamo" vakili penalti so'ramoqda. Hakam esa "yo'q" dedi.
74. Oblaqulov himoyachi bilan kurashda yiqildi va yotgan holda darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p Ilyosovning qo'llarida.
72. Zarba! Xolmurodovning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'pni Nemanov ilib oldi.
70. "Dinamo"da 2 ta almashtirish: O'rmonjonov o'rniga Oblaqulov, Qodirqulov o'rniga Fraydey tushirildi.
69. "Dinamo" azosi Jumaboevga tibbiy yordam ko'rsatildi. Futbolchilar vaziyatdan unumli foydalanib, suv ho'plab olmoqda.
67. Zarba! Hojimirzaevning pasidan so'ng O'rmonjonov oldinga intildi va to'pni chapga qayirgan holda zarba yo'lladi, Ilyosov o'z o'rnida!
64. "Dinamo"da o'zgarish: Abdusalomov o'rniga Stanoevich uchrashuvni davom ettiradi.
63. OKMKda 2 ta almashtirish: Qosimov o'rniga Sobirjonov, Komilov o'rniga Senaga bahsga qo'shildi.
62. Qosimovning ichkariga oshirib bergan to'pi Kucherenko tomonidan maydon tashqarisiga chiqarib yuborildi.
61. Jumaboev jarima maydonchasi ichiga yorib kirayotgan G'iyosovni yiqitdi.
59. To'xtaxo'jaevning yaxshi uzatmasidan keyin Xolmurodov to'pni to'xtatdi, biroq himoyachi qarshiligiga uchradi. "Dinamo" vakili to'pni uzoqlashtirdi.
57. Qosimov Ratinoga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.
56. Uuux! Qosimovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini O'lmasaliev yaqin masofadan darvozaga kirita olmadi.
52. OKMKda 2 ta o'zgarish: Riak o'rniga Xolmurodov, Yo'ldoshev o'rniga Abdurazzoqov maydonga tushdi.
51. "Dinamo" goldan so'ng "giperfaol" rejimini yoqdi. Ketma-ket bosim uyushtirilayotgani uchun OKMK himoyachilari juda qiynalmoqda.
49. Gol VAR tomonidan o'rganib chiqildi va hisobga olindi.
47. GOL! Himoyachi Yo'ldoshev to'pni to'xtata olmagani oqibatida u Hojimirzaevga qadar etib keldi va hujumchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvoza burchakgini nishonga oldi – 1:0!
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!
45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi.
43. O'rmonjonov himoyachilar amalga oshirgan uzun pasdan so'ng to'p tomon intildi, biroq Ilyosov darvozani tark etgan holda to'pni "aut"ga tepib yubordi.
39. To'xtaxo'jaev katta tezlikda yugurib kelib, Abdusalomovga nisbatan qo'pol o'ynadi, hakam hushtagi chalindi.
37. Zarbaa! Ratino jamoadoshi bilan paslashib, ichkariga kirib bordi va chap oyoqda darvozani poylashga harakat qildi, noaniq.
33. Zarbaaa Ajak Riaaak! Janubiy sudanlik hujumchi mezbonlar himoyachisining "sovg'asi"dan unumli foydalana olmadi. Jumaboev adashib unga pas bergandi, hujumchi chamasi 14 metrdan noaniq zarba berdi.
31. Uuux! Sanchesning pasidan so'ng G'iyosov yaqin masofadan kuchli zarba yo'lladi, Nemanov zarbani bartaraf etdi!
28. Zarbaa! Ratinoning uzoqdan bergan zarbasi sal noaniq ko'rinish oldi.
28. Qosimov Ratinoni yiqitgani uchun jarima zarbasi belgilandi.
25. Uuux! Xurshid G'iyosov birga-bir holatga chiqib borib, erlatib o'ng tomonga zarba berdi, biroq Nemanov samarqandliklarni goldan qutqardi! Ammo yon hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligini ham ko'rsatdi.
22. Zarbaa! O'rmonjonovning uzatmasidan keyin Jumaboev bosh bilan zarba yo'lladi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
21. Anvar Hojimirzaev jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi, ammo so'nggi lahzada Komilov jamoasi joniga ora kirib, to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.
18. Zarbaaa! O'rmonjonov amalga oshirgan burchak zarbasidan so'ng to'p O'rozovga etib keldi, u boshi bilan Qodirqulovga pas berdi, uning yaqin masofadan bergan zarbasiga esa aniqlik etishmadi.
17. Mirjamol Qosimovning ichkariga oshirib bergan to'pi zarbaga aylanib ketdi, ammo baribir yo'nalish noto'g'ri bo'ldi.
16. Mezbonlar to'pni nazoratda ushlab turib, hujumda imkoniyat izlamoqda.
13. Qosimov maydon markaziga yaqin hududda Pletnyovga nisbatan qoidani buzdi.
11. Qodirqulov ortdan turib Ahmadalievga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
10. Sanches to'p uchun kurash vaqtida Mahamadjonovni yiqitdi.
8. O'rozov uzun pas orqali jarima maydonchasi ichidagi Mahamadjonovni to'p bilan taminladi, u esa to'pni hujumchiga uzatdi. Shu paytda ofsayd borligi elon qilindi.
6. Etiborlisi, bugun OKMK hujum markazida Ajak Riak harakat qilmoqda. U uzoq vaqt asosiy tarkibda tushmagandi. Shuningdek, zaxirada bir necha yil jarohatini davolagan Sardor Mirzaev bor.
4. Zarba! Mahmud Mahamadjonov olis masofadan chap oyoqda darvozani nishonga olishga urindi, erlatib berilgan zarba sal noaniq ketdi.
1. O'yin boshlandi!
- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
NAKDAUNLI G'ALABA BILAN TABRIKLAYMIZ QO'SHNILARNI
3-o‘ringamas, 2-o‘ringa ko‘tarildi