So’nggi yangiliklar

01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  31 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  0 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  5 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  4 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7

Bugun O'zbekiston Proligasida 4-davra o'yinlari start oladi Yangiliklar

Bugun O'zbekiston Proligasida 4-davra o'yinlari start oladi

Teglar :  Pro liga
O'zbekiston Proligasi o'zining eng qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Bugundan musobaqa 4-davra o'yinlari start oladi.

Yakuniy bosqich oldidan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi 33 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Chempionlik yo'lida "temiryo'lchilar"ga munosib raqobat taqdim etib berayotgan Nukusning "Aral" jamoasi hisobida esa 31 ochko mavjud.

Farhod Nishonov boshchiligidagi "Olimpik-MobiUz" klubi esa 29 ochko jamg'arishni uddaladi.

Ko'rib turganingizdek, etakchilar o'rtasidagi farq katta emas. Demakki, chempion bo'lishni maqsad qilgan jamoaning buyog'iga xato qilishga haqqi yo'q. Bu esa bizni qiziqarli o'yinlar kutib turganidan darak beradi.


So'nggi turlarda bizni quyidagi markaziy o'yinlar kutmoqda:


17-tur, 20 oktyabr

"Olimpik-MobiUz" — "Aral"

19-tur, 5 noyabr

"Olimpik MobiUz" — "Lokomotiv"

20-tur, 16 noyabr

"Aral" — "Lokomotiv"

Qo'shimcha malumot o'rnida, Proliga g'olibi va vice-chempionining kelgusi yilgi O'zbekiston Superligasida ishtirok etishi masalasi O'zbekiston Professional futbol ligasi "Superliga va Proliga reglamenti"ning quyidagi bandlari asosida tartibga solinadi:

7.2. Proliga yakuniga ko'ra 1-o'rinni egallagan futbol klubi Superligaga to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi.

5.3. Superligada 12, 13, 14, 15-o'rinni egallagan jamoalar mazkur musobaqadagi joyini saqlab qolish uchun pley-off musobaqasida ishtirok etadi. Pley-off uch bosqichdan iborat bo'lib, undagi barcha uchrashuv faqat bir martadan tashkil etiladi:

— Birinchi bosqichda Superligada 12-o'rinni egallagan klub o'z maydonida 15-o'rindan joy olgan klubni, 13-o'rinni egallagan klub esa o'z maydonida 14-o'rindan joy olgan klubni qabul qiladi va har ikki o'yin g'oliblari Superligadagi joyini saqlab qoladi;

— Ikkinchi bosqichda birinchi bosqichdagi ikki o'yinda mag'lub bo'lgan jamoalar o'zaro to'qnash keladi. Bunda Superliga mavsumi yakuniga ko'ra yuqoriroq o'rindan joy olgan klub raqibini o'z maydonida qabul qiladi va bellashuv g'olibi Superligadagi joyini saqlab qoladi;

— Uchinchi bosqichda ikkinchi bosqichda mag'lub bo'lgan klub Proliga mavsumini 2-o'rinda yakunlagan klub maydoniga tashrif buyuradi va mazkur bellashuv g'olibi Superligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика