Konte: “Lukakuni jamoaga olib kelish uchun harakat qilganimdan xursandman”
03 fev 2020 07:48
Yangiliklar


Konte: “Lukakuni jamoaga olib kelish uchun harakat qilganimdan xursandman”
“Udineze”ga qarshi bahsda 2 ta gol urgan Romelu Lukakuni jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte maqtadi.
“Romelu yaxshi harakat qildi. Ammo bu uning ishtirokidagi eng yaxshi o'yin emas. U hammasini bundan ham yaxshiroq qilishi kerak. Uning ikkita gol urgani muhim, lekin Romelu o'yinning boshqa jihatlariga ham qo'shishi kerak. U jamoaga yaxshi moslasha oldi. Men u haqida faqat yaxshi gaplarni aytishim mumkin. Uni jamoaga olib kelish uchun harakat qilganimdan xursandman”, — deydi Konte.
Lukaku joriy mavsum A Ceriyaning 22 ta o'yinida 16 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar