Kompani mag'lubiyat haqida: "Bavariya" ikki, uch, balki undan ham ko'p gol urishi mumkin edi. Natija har doim ham adolatli bo'lavermaydi"
09 apr 13:15
Yangiliklar


Kompani mag'lubiyat haqida: "Bavariya" ikki, uch, balki undan ham ko'p gol urishi mumkin edi. Natija har doim ham adolatli bo'lavermaydi"
"Bugun biz ko'proq gol urishimiz mumkin edi – ikki yoki uchta, balki undan ham ko'proq. Biz ularning hujumda sifatli o'yinchilari borligini bilamiz, lekin biz ko'proq xavf tug'dirdik.
"Inter"ga qarshi mehmonda o'ynash qiyinligini bilaman, lekin jarohatlar yoki boshqa narsalar tufayli o'zimizni oldindan mag'lub deb his qilishimiz kerak deb o'ylamayman. Milanda ham bizda imkoniyatlar bo'ladi.
Oxirgi daqiqagacha imkoniyatlar bo'ldi, lekin natija har doim adolatli bo'lavermaydi.
Bu faqat qarama-qarshilikning yarmi, hech bir jamoa birinchi taymdan keyin 1:2 hisobida yutqazib, tanaffusda: "Bo'ldi, taslim bo'lamiz, uyga ketamiz", demaydi. Biz hali ham Milandagi imkoniyatlarimizga to'liq ishonamiz", – dedi "Bavariya"ning bosh murabbiyi Prime Video’ga bergan intervyusida.
1/4 finalning javob o'yini 16 aprel kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar