Klublar o'rtasidagi JCH. Dastlabki finalchi malum!
08 fev 2021 01:00
Yangiliklar


Klublar o'rtasidagi JCH. Dastlabki finalchi malum!
Turnirning dastlabki yarim final o'yini nihoyasiga etdi. Unda Braziliyaning "Palmeyras" klubi Meksikaning "Tigres" jamosiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol Andre-Per Jinyakning nomiga yozildi. Franciya terma jamoasining sobiq hujumchisi o'yinning 54-daqiqasida braziliyaliklar darvozasi tomon belgilangan penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, "Tigres"ni finalga olib chiqdi.
Malumot uchun, final yo'llanmasini beradigan 2-chipta bugun Misrning "Al Ahli" hamda Germaniyaning "Bavariya" jamoalari o'rtasida o'ynaladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.
Palmeyras (Braziliya) – Tigres (Meksika) 0:1
8 fevral, 23.00, «Education City Stadium»
Gol:
0:1 – 54, penalti Jinyak.
Palmeyras – Ueverton, Markos Rosha (Mayke, 72), Luan, Vinya, Gomes, Gabriel Menino (Villian, 62), Danilo (Melo, 57), Ze Rafael (Patrik de Paula, 57), Rafael Veyga (Skarpa, 73), Luis Adriano, Roni.
Tigres – Gusman, Salsedo, Reyes, Rodriges, Duenyas (Mesa, 86), Rafael Karioka, Pisarro, Akino (Serra, 90), Kinones (Fulxensio, 87), Gonsales, Jinyak.
Ogohlantirishlar:
Gabriel Menino (32), Akino (45), Luan (52), Gusman (84).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar