Klaudio Bravo La Ligaga qaytadi
29 avg 2020 08:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589415_original.jpg)
![](/upload/storage/589415_220.jpg)
Klaudio Bravo La Ligaga qaytadi
“Man Siti” sobiq posboni faoliyatini yana Ispaniyada davom ettiradi.
Ispaniyalik jurnalist Mateo Gonsales xabariga ko'ra, “Manchester Siti”dan ketgan Klaudio Bravo faoliyatini yana Ispaniya La Ligasida davom ettiradi. Qayd etilishicha, Bravo “Betis” klubi bilan kelishuvga erishgan. Tomonlar tez orada bu borada rasman elon qiladi.
37 yoshli darvozabon 2016 yil yozida “Barselona”dan “Manchester Siti”ga o'tgandi. U 4 yil davomida Manchester shahri jamoasi safida 61 ta o'yinda qatnashib, o'z darvozasidan 60 ta gol olib chiqdi. 20 ta bahsda esa o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar