Kingsli Koman jarohat oldi va Germaniya Kubogi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin
17 avg 2016 16:51
Yangiliklar
Kingsli Koman jarohat oldi va Germaniya Kubogi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Karl Ceyss"ga qarshi Germaniya Kubogi birinchi raund uchrashuvida hujumchi Kingsli Komanni maydonga tushira olmasligi mumkin.
Nemis grandining so'nggi mashg'ulotlaridan birida futbolchi jarohat oldi. Ayni damda Koman tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
"Bavariya" "Karl Ceyss"ga qarshi bahsni 19 avgust kuni raqib maydonida o'tkazadi.
Fikrlar