"Bavariya" yozda Komanni 35-45 mln evroga sotmoqchi. Vingerga "Arsenal" va Saudiya klublari qiziqmoqda
04 mar 11:35
Yangiliklar


"Bavariya" yozda Komanni 35-45 mln evroga sotmoqchi. Vingerga "Arsenal" va Saudiya klublari qiziqmoqda
"Bavariya" mavsum yakunlangach, Kingsli Komanni sotib yubormoqchi.
Klub 28 yoshli yarim himoyachi uchun 35-45 mln evro narx belgilagan.
Futbolchining o'zi yozdagi transfer uchun ochiq. Franciyalik futbolchiga "Arsenal" va Saudiya ligasi klublari davogarlik qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, Koman "Bavariya"ning maoshlar fondini qisqartirish va mablag'larni bo'shatish uchun qutulmoqchi bo'lgan futbolchilari qatoriga kiritilgan.
Kingsli bu mavsumda Bundesligada 22ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar