

Klub 28 yoshli yarim himoyachi uchun 35-45 mln evro narx belgilagan.
Futbolchining o'zi yozdagi transfer uchun ochiq. Fransiyalik futbolchiga "Arsenal" va Saudiya ligasi klublari da'vogarlik qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, Koman "Bavariya"ning maoshlar fondini qisqartirish va mablag'larni bo'shatish uchun qutulmoqchi bo'lgan futbolchilari qatoriga kiritilgan.
Kingsli bu mavsumda Bundesligada 22ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.



